QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Haqqah surasi · Oyatсураси · Оят12

لِنَجْعَلَهَا لَكُمْ تَذْكِرَةً وَتَعِيَهَآ أُذُنٌ وَٰعِيَةٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishi uchun.Уни сизларга эслатма қилиш учун ва англовчи қулоқлар англаб олиши учун.Alauddin Mansour: Biz u (ishni, yaʼni moʻminlarga najot berib, kofirlarni suvga gʻarq qilib yuborish)ni sizlar uchun eslatma-ibrat qilish uchun va anglaguvchi quloqlar anglab-eshitib olishlari uchun (qildik).Биз у (ишни, яъни мўминларга нажот бериб, кофирларни сувга ғарқ қилиб юбориш)ни сизлар учун эслатма-ибрат қилиш учун ва англагувчи қулоқлар англаб-эшитиб олишлари учун (қилдик).

567-sahifa · 29-juz · 57-hizb567-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِنَجْعَلَهَاuni qilishimiz uchunуни қилишимиз учунلَكُمْsizlargaсизларгаتَذْكِرَةًۭeslatmaэслатмаوَتَعِيَهَآva uni anglab olishiва уни англаб олишиأُذُنٌۭquloqlarқулоқларوَٰعِيَةٌۭanglovchiангловчи
TafsirТафсир

Yaʼni, boʻlib oʻtgan qissa va hodisalar hamma uchun oʻrnak, eslatma, vaʼz-nasihat boʻlishi kerak. Ularni ibrat qulogʻi bilan eshitib, singdirib olmoq zarur.

Lekin osiylarga bu dunyodagi berilgan azob-uqubatlar u dunyoda berilajak azoblar oldida hech narsa emasligini quyidagi oyatlardan bilib olamiz.