إِنِّى ظَنَنتُ أَنِّى مُلَـٰقٍ حِسَابِيَهْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, men hisob-kitobimga yo`liqishimga ishonardim», deydir.Албатта, мен ҳисоб-китобимга йўлиқишимга ишонардим», дейдир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, men hisob-kitobimga (yaʼni, Oxiratdagi ajr-mukofotga) roʻbaroʻ boʻlishimni bilgan edim», der.Дарҳақиқат, мен ҳисоб-китобимга (яъни, Охиратдаги ажр-мукофотга) рўбарў бўлишимни билган эдим», дер.
Yaʼni, bandalar Robbilari huzurida arz qilinib, hech bir maxfiy narsa qolmaydigan oʻsha qiyomat kunida, kimning nomai aʼmol kitobi oʻng qoʻlidan berilsa, u juda ham baxtiyor boʻladi va sururga toʻlib:
«Mana, mening kitobimni oʻqib koʻringlar!» – deydi.
Chunki, u, kitobi oʻng qoʻliga berilishi bilanoq, oʻzining najot topib, yutuqqa erishganlardan ekanini bilib olgan boʻladi. Shuning uchun, oʻz xursandchiligini boshqalar bilan baham koʻrgisi keladi. U soʻzining davomida:
«Albatta, men oʻz hisob-kitobimga yoʻliqishimga ishonardim», deydir».
Yaʼni, men qiyomat kuni hisobimga yoʻliqishimga qattiq ishongan edim. Shuning uchun, bu yoʻliqishga oldindan tayyorgarlik koʻrgan edim, deydi.