خُذُوهُ فَغُلُّوهُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tutinglar uni va kishanlanglar uni!!!Тутинглар уни ва кишанланглар уни!!!Alauddin Mansour: (Bas, Alloh jahannam qoʻriqchilariga der): «Uni ushlab, kishanlanglar!(Бас, Аллоҳ жаҳаннам қўриқчиларига дер): «Уни ушлаб, кишанланглар!
Ushbu oyatning tafsirida hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu quyidagilarni aytganlar: «Farishtaning qulochida. Zanjir uning orqasidan kirib xalqumidan chiqadi. Keyin peshonasi bilan ikki qadami jam qilinadi».
Yaʼni, mazkur doʻzaxiyni uzunligi farishtaning qulochida yetmish quloch keladigan zanjir bilan, avval zanjirni uning orqasidan kiritib, ogʻzidan chiqarib, keyin peshonasidan tortib oyogʻiga qoʻshib turib bogʻlanadi.
Keyingi oyatlarda mazkur badbaxtning nima uchun bundoq ashaddiy azobga duchor boʻlgani sababi bayon qilinadi.