وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmagan edi.Ва мискинларга таом беришга қизиқтирмаган эди.Alauddin Mansour: Va miskin-bechoraga taom berishga (oʻzini ham, oʻzgalarni ham) targʻib qilmas edi.Ва мискин-бечорага таом беришга (ўзини ҳам, ўзгаларни ҳам) тарғиб қилмас эди.
Mana shu bir oyatning oʻzidanoq, Islom beva-bechora, yetim-yesir, miskinlarga qanchalik eʼtibor berganini bilib olsa boʻladi. Odamning doʻzax azobiga giriftor boʻlishiga avvalo iymonsizligi sabab boʻlsa, qolaversa, kishilarni miskinlarga taom berishga qiziqtirmaslik, chaqirmaslik ham sabab ekani taʼkidlanadi. Agar miskinlarga taom berishga qiziqtirmaslik shunchalikka olib kelsa, imkoni boʻla turib, ularga taom bermaslik qanchalik gunoh ekanini kitobxonning oʻzi fahmlayversin.