لَّا يَأْكُلُهُۥٓ إِلَّا ٱلْخَـٰطِـُٔونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni xatokorlardan boshqa hech kim yemas.Уни хатокорлардан бошқа ҳеч ким емас.Alauddin Mansour: Uni faqat (yoʻldan adashgan (kofir)largina yerlar!Уни фақат (йўлдан адашган (кофир)ларгина ерлар!
Ushbu oyatda biz «xatokorlar» deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim matnida «Xotiuun» deb kelgan. Bu soʻz qasddan, bilib turib gunoh qilganlar maʼnosini anglatadi. Bir ish gunohligini bilib turib, qasddan qilsa oʻsha «xotiuun» doirasiga kiradi. Ammo, bilmasdan, noqasddan qilsa, afv etiladi.
Mazkurlarni aytib boʻlgandan soʻng Alloh taolo Qurʼoni Karim Oʻz huzuridan yuborilgan vahiy ekanligi, Oʻzining mahbub Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam uni odamlarga omonat bilan yetkazganliklarini qasam ichib taʼkidlaydi.