QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Haqqah surasi · Oyatсураси · Оят41

وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَاعِرٍ ۚ قَلِيلًا مَّا تُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u shoirning so`zi emas. Sizlar juda oz ishonasizlar.Ва у шоирнинг сўзи эмас. Сизлар жуда оз ишонасизлар.Alauddin Mansour: U biron shoirning soʻzi emasdir! Sizlar (ushbu Qurʼon Allohning kalomi ekanligiga) kamdan-kam iymon keltirursizlar!У бирон шоирнинг сўзи эмасдир! Сизлар (ушбу Қуръон Аллоҳнинг каломи эканлигига) камдан-кам иймон келтирурсизлар!

568-sahifa · 29-juz · 57-hizb568-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасهُوَuуبِقَوْلِsoʻziсўзиشَاعِرٍۢ ۚshoirningшоирнингقَلِيلًۭاjuda ozжуда озمَّاnaqadarнақадарتُؤْمِنُونَishonasizlarишонасизлар
TafsirТафсир

Yaʼni, shunday ekanligiga ishonmaysizlar.

Qurʼoni Karim sheʼr emas, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shoir emaslar. Ushbu ulkan maʼnoni yaxshilab tushunib olish zarur. Baʼzi bir kishilar qadimda ham, hozirda ham Kalomullohni sheʼrning oliy nuqtasi, deb aytishga borganlar. Ular bu bilan Qurʼonni maqtamoqchi boʻladilar. Lekin nooʻrin maqtov ham yomonlashga oʻxshash narsadir. Qurʼon sheʼr ham emas, nasr ham emas, U–Qurʼondir. Qurʼonning sheʼr emasligi bu oyatdan boshqa oyatlarda ham taʼkidlangan.