QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Haqqah surasi · Oyatсураси · Оят47

فَمَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ عَنْهُ حَـٰجِزِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, sizlardan hech kim uni to`sib qola olmas.Бас, сизлардан ҳеч ким уни тўсиб қола олмас.Alauddin Mansour: U holda sizlardan biron kishi undan (yaʼni, paygʻambardan halokatni) toʻsa olguvchi boʻlmas edi. (Bas, Muhammad alayhis-salotu vas-salom Allohning kalomiga oʻz tomonidan biron soʻz qoʻshmagani, balki zimmasidagi omonat-paygʻambarlikni halol ado qilib kelayotgani uchun ham sizlarning orangizda sogʻ-omon hayot kechirmoqda, aks holda Alloh uni halok qilgan boʻlur edi. Bu Muhammad alayhis-salotu vas-salomning haq paygʻambar ekanliklarining yana bir yorqin dalilidir).У ҳолда сизлардан бирон киши ундан (яъни, пайғамбардан ҳалокатни) тўса олгувчи бўлмас эди. (Бас, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом Аллоҳнинг каломига ўз томонидан бирон сўз қўшмагани, балки зиммасидаги омонат-пайғамбарликни ҳалол адо қилиб келаётгани учун ҳам сизларнинг орангизда соғ-омон ҳаёт кечирмоқда, акс ҳолда Аллоҳ уни ҳалок қилган бўлур эди. Бу Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг ҳақ пайғамбар эканликларининг яна бир ёрқин далилидир).

568-sahifa · 29-juz · 57-hizb568-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَاbas, yoʻqбас, йўқمِنكُمsizlardanсизларданمِّنْhechҳечأَحَدٍkimкимعَنْهُuniуниحَـٰجِزِينَtoʻsib qoluvchilarтўсиб қолувчилар
TafsirТафсир

Yaʼni, farazan, Biz uni azoblamoqchi boʻlsak, sizlardan hech biringiz Muhammadni Bizning azobimizdan toʻsib qola olmaydi.

Bu oyatlar mushriklarga javob tarzida tushgan. Chunki, ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan Qurʼoni Karim oyatlarini eshitganlaridan soʻng, Muhammad shoir boʻlibdi, sheʼr oʻqib, bizni «Allohdan menga vahiy keldi», deb aldamoqchi boʻlyapti, deya ovoza qilganlar.

Boshqa birlari esa, Muhammad folbin boʻlibdi, fol ochib, oʻzicha, men gʻoyib ilmini bilaman, Alloh menga xabar qildi, deb bizni aldamoqchi, deyishgan. Holbuki, ushbu oyatda Alloh taoloning Oʻzi: Agar u oʻzi toʻqigan yolgʻon soʻzlarni bizga nisbat bersa, uni darhol halok qilishimiz mumkin»,–deb qatʼiy qilib aytib qoʻymoqda.