QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят100

أَوَلَمْ يَهْدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ أَهْلِهَآ أَن لَّوْ نَشَآءُ أَصَبْنَـٰهُم بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yerga uning ahlidan keyin merosxo`r bo`lganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qo`yishimiz ayon bo`lmadimi?!Ерга унинг аҳлидан кейин меросхўр бўлганларга, агар хоҳласак, гуноҳлари туфайли уларга мусийбат етказишимиз ва қалбларига муҳр босиб, эшитмайдиган қилиб қўйишимиз аён бўлмадими?!Alauddin Mansour: Bu yerga (ilgarigi) egalaridan keyin merosxoʻr boʻlayotgan kimsalarni, agar xohlasak, gunohlari sababli musibat yetkazib qoʻyishimiz maʼlum emasmi? Biz ularning dillarini (ana shunday) muhrlab qoʻyurmiz. Soʻng ular (hech qanday pand-nasihatga) quloq solmay qoʻyadilar.Бу ерга (илгариги) эгаларидан кейин меросхўр бўлаётган кимсаларни, агар хоҳласак, гуноҳлари сабабли мусибат етказиб қўйишимиз маълум эмасми? Биз уларнинг дилларини (ана шундай) муҳрлаб қўюрмиз. Сўнг улар (ҳеч қандай панд-насиҳатга) қулоқ солмай қўядилар.

163-sahifa · 9-juz · 17-hizb163-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَلَمْva emasmi?!ва эмасми?!يَهْدِayon boʻlmadiаён бўлмадиلِلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаيَرِثُونَmeros oladiganмерос оладиганٱلْأَرْضَyerniерниمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинأَهْلِهَآuning ahliунинг аҳлиأَن(ki)(ки)لَّوْagarагарنَشَآءُxohlasakхоҳласакأَصَبْنَـٰهُمularga musibat yetkazamizуларга мусибат етказамизبِذُنُوبِهِمْ ۚgunohlari tufayliгуноҳлари туфайлиوَنَطْبَعُva muhr bosamizва муҳр босамизعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِهِمْqalblariқалблариفَهُمْbas, ularбас, уларلَاemasэмасيَسْمَعُونَeshitadiganэшитадиган
TafsirТафсир

Maʼlumki, har bir xalq, har bir qavm yer yuziga oʻzidan avvalgi xalq yoki qavmdan keyin keladi. Yoki ushbu oyati karimada zikr qilinganidek, merosxoʻr boʻladi. Oʻsha merosxoʻrlar oʻzlaridan oldin oʻtganlarning qismatiga, qazo va qadariga nazar solishlari kerak. Ana oʻshanda:

«Yerga uning ahlidan keyin merosxoʻr boʻlganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz» oyatining siri ayon boʻladi.

Chunki, ulardan avval oʻtgan qavmlar taqdirida bu hol galma-gal takrorlanib kelgan. Agar xohlasak:

«qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qoʻyishimiz ayon boʻlmadimi?!»

Ulardan avval oʻtgan xalqlardan baʼzilarining qalblariga muhr bosib qoʻyib yoki baʼzilarining quloqlarini «kar», yaʼni, tinglaganidan ibrat olmaydigan qilib qoʻyib, rasvo qilganimizni anglab yetmadilarmi?

Yuqorida zikr etilgan hodisalardan, moʻmin odam doimo qoʻrquvda yashar ekan, u har lahzada boshiga balo-qazo yogʻilishi xavfi ostida, tizzasi qaltirab, yotib-turganini bilmay, yegan-ichgani tatimay yurar ekan-da, degan xayolga borish kerak emas. Bu, mutlaqo notoʻgʻri fikr. Aksincha, moʻmin odam oʻz nomi ila moʻmin–omonlikdagi odam, demakdir. Uning toʻrt tomoni iymoni va taqvosi tufayli Alloh taolo tomonidan ato qilingan omonlikda. Ammo, mazkur oyatlarning mazmuni gʻaflatni va salbiy maʼnodagi xotirjamlikni tark etishga daʼvat boʻlib, umuman, Allohni, Uning kofir va osiylarga beradigan azoblarini unutib qoʻymaslikka chaqiriqdir.