أَفَأَمِنُوا۟ مَكْرَ ٱللَّهِ ۚ فَلَا يَأْمَنُ مَكْرَ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon ko`ruvchi qavmlargina xotirjam bo`lurlar.Аллоҳнинг макридан хотиржам бўлдиларми?! Аллоҳнинг макридан фақат зиён кўрувчи қавмларгина хотиржам бўлурлар.Alauddin Mansour: Ular Allohning «makri»dan xotirjam boʻlib qoldilarmi? Bas, Allohning «makri»dan faqat ziyon koʻrguvchi qavmgina xotirjam boʻlur.Улар Аллоҳнинг «макри»дан хотиржам бўлиб қолдиларми? Бас, Аллоҳнинг «макри»дан фақат зиён кўргувчи қавмгина хотиржам бўлур.
Gʻaflatga solib; gunoh qilsa ham, daxlsiz tek qoʻyib; keyin tuyqusdan sezdirmay olish Allohning ishidir, yaʼni makridir.
«Allohning makridan xotirjam boʻldilarmi?!»
Shuning uchun ham, oʻzini bilgan zotlar hech qachon gʻaflatda yashamaydilar. Allohning balo-qazosi kelib qolishidan xotirjam boʻlmaydilar.
«Allohning makridan faqat ziyon koʻruvchi qavmlargina xotirjam boʻlurlar».
Yaʼni, xotirjamlik, gʻaflat va gunohkorlik ularning boshiga ziyon olib keladi.