QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят102

وَمَا وَجَدْنَا لِأَكْثَرِهِم مِّنْ عَهْدٍ ۖ وَإِن وَجَدْنَآ أَكْثَرَهُمْ لَفَـٰسِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ko`plarida ahdga vafo ko`rmadik. Agar ularning ko`plarini topsak ham, fosiqlikda topdik.Уларнинг кўпларида аҳдга вафо кўрмадик. Агар уларнинг кўпларини топсак ҳам, фосиқликда топдик.Alauddin Mansour: Ularning aksarida biron ahd (yaʼni, ahdga vafodorlikni) topmadik va mudom ularning aksarini itoatsiz holda topdik.Уларнинг аксарида бирон аҳд (яъни, аҳдга вафодорликни) топмадик ва мудом уларнинг аксарини итоатсиз ҳолда топдик.

163-sahifa · 9-juz · 17-hizb163-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасوَجَدْنَاtopdikтопдикلِأَكْثَرِهِمularning koʻplaridaуларнинг кўпларидаمِّنْhechҳечعَهْدٍۢ ۖahdga vafoаҳдга вафоوَإِنva agarва агарوَجَدْنَآtopdikтопдикأَكْثَرَهُمْularning koʻplariniуларнинг кўплариниلَفَـٰسِقِينَalbatta, fosiqlar (deb)албатта, фосиқлар (деб)
TafsirТафсир

Yaʼni, ular subutsiz kimsalar boʻlib, ahdga hech vafo qilmasdilar. Bu qavmning aksari qismi faqat fosiqlik bilan mashgʻul edi. Fosiqlikning maʼnosi Alloh chizib koʻrsatgan chegaradan chiqishdir. Yaʼni, ular Alloh koʻrsatgan yoʻldan ozgan kimsalar sirasidan edilar.

Oʻtgan qissalarda zikri kelgan qavmlar va ularning Paygʻambarlari arab mintaqalarida yashab oʻtganlar. Nuh alayhissalom Iroqda, Od qavmi Yaman va uning atrofida, Samud qavmi Hijozning yuqori qismida, Madyan Sino bilan Urdun orasida va nihoyat Lut qavmi sharqiy Falastinda umr kechirganlar. Ularning koʻplari «arabul obira», yaʼni, eski oʻtgan arablar, deyiladi. Guvoh boʻlganimizdek, ularning barchalari Allohning Paygʻambarlariga qarshi chiqdilar va ular keltirgan barhaq dinlarni yolgʻon deb daʼvo qildilar. Natijada, hammalari halokatga giriftor boʻldilar.

Soʻngra, Paygʻambarlik Somiy jinsining ikkinchi shoʻʼbasi– Bani Isroilga oʻtdi. Isroil laqabini olgan Yaʼqub alayhissalomning avlodlari Shom sahrolarida yashar edilar. Ulardan birlari Yusuf alayhissalom Misrda vazir boʻlgan kezlarida qolganlarini ham shu yerga taklif qildilar. Ular Misrda joylashib, tomir otib koʻpaydilar. Ammo, Misr xalqiga butkul aralashib ketmadilar. Oʻzlarining aqiydalari va urf-odatlari bilan boshqalardan ajralib turaverdilar. Vaqt oʻtib, ular bilan misrliklar orasida kelishmovchiliklar chiqib, nihoyat, bu ziddiyat shiddatli tus ola boshladi.

Firʼavnlar–Misr podshohlari ularni turli azoblarga duchor qildilar va xoru zor etdilar. Alloh taolo Bani Isroilni bu murakkab vaziyatli holatdan qutqarish uchun Muso alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi.

«Aʼrof» surasining navbatdagi yetmishga yaqin oyati karimalarida Muso alayhissalom va Bani Isroil qissasi keng bayon etiladi. Qurʼoni Karimning boshqa suralarida ham bu qissa turli shakllarda koʻp va batafsil takrorlangan. Chunki, Bani Isroil avvalda oʻz Paygʻambari boshchiligida Allohdan kelgan kitobni hayotga tatbiq qilib yashagan millatning jonli namoyondalari edilar. Ular Asri Saodatda Qurʼon tushgan xalq bilan, yaʼni arablar bilan yonma-yon yashaganlar. Arablar ham ularning baʼzi gaplaridan ogoh edilar. Shuning uchun, Qurʼoni Karimda Muso alayhissalom va Bani Isroil qissasi, ularga ibrat boʻlsin uchun, batafsil va takror-takror keltiriladi.

Shunday qilib, qissani hikoya qiluvchi oyatlarni oʻrganishga kirishaylik.