ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِم مُّوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَظَلَمُوا۟ بِهَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, ularning ortidan Musoni O`z oyatlarimiz ila Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol.Сўнгра, уларнинг ортидан Мусони Ўз оятларимиз ила Фиръавн ва унинг зодагонларига юбордик. Бас, у(оят)ларга зулм қилдилар. Бузғунчиларнинг оқибати қандай бўлишига назар сол.Alauddin Mansour: Soʻngra — ulardan keyin Musoni Oʻz oyatlarimiz bilan Firʼavn va uning odamlariga yuborgan edik, ular (u oyatlarga) zolim-kofir boʻldilar. Ana endi buzgʻunchilarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻring.Сўнгра — улардан кейин Мусони Ўз оятларимиз билан Фиръавн ва унинг одамларига юборган эдик, улар (у оятларга) золим-кофир бўлдилар. Ана энди бузғунчиларнинг оқибатлари қандай бўлганини кўринг.
Firʼavn–Muso alayhissalom zamonlaridagi Misr podshohi Minfitoh ibn Raʼmsisdir. U mashhur boʻlib nom qozonganidan keyin Misrga boshliq boʻlgan podshohlar «Firʼavn» deb nomlanadigan boʻldilar. Shu kabi, Fors davlati podshohi «Kisro», Rum davlati podshohi «Qaysar», Habashiston podshohi «Najoshiy» va Yaman podshohi «Tabaʼ» laqablari ila atalar edilar.
Hukmda haddan oshib, dinga qarshi chiqqan zolim hokimlarga ham «Firʼavn» laqabi berilgan. Alloh taolo Muso alayhissalomga Paygʻambarlikni ato qilgan chogʻdayoq Firʼavnni haqiqat va iymon yoʻliga daʼvat qilishi tayinlangan. Shuning uchun, bu oyatda ham Musoni Firʼavnga yubordik deyilishi bejiz emas. Zodagonlar– uning qavmidan boʻlgan boy-badavlat amaldorlarning alohida zikr etilishidan maqsad, ular ish boshqaruvchilar va odamlarni ortlaridan ergashtiruvchilardir. Aslida, Muso alayhissalom hammaga Paygʻambar qilib yuborilgan edilar. Xoʻsh, Firʼavn va uning zodagonlari Muso alayhissalom olib kelgan oyatlarni qanday kutib oldilar? Afsuski, ular ham boshqa podshoh va zodagonlar tutgan yoʻldan bordilar:
«Bas, u(oyat)larga zulm qildilar».
Yaʼni, Alloh oyatlarini yolgʻonga chiqardilar. Avval ham taʼkidlanganidek, zulmning lugʻaviy maʼnosi, bir narsani oʻz joyidan boshqa joyga qoʻyishdir. Paygʻambar oyatlar bilan kelganda, aslida, ularga iymon keltirish shart edi, ammo Firʼavn va uning zodagonlari kufr keltirdilar, oyatlarga nisbatan zulm qildilar. Ular oʻzlarining bu qilmishlari bilan buzgʻunchi boʻldilar. Endi:
«Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlishiga nazar sol».
Mazkur qissani oxirigacha oʻrgansak, oqibat maʼlum boʻladi.
Alloh haq paygʻomlar bilan quvvatlantirgan Paygʻambar saroyga tashrif buyurdi: