وَقَالَ مُوسَىٰ يَـٰفِرْعَوْنُ إِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso: «Ey Fir'avn, albatta, men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.Мусо: «Эй Фиръавн, албатта, мен оламларнинг Роббидан Пайғамбарман.Alauddin Mansour: (Muso) dedi: «Ey Firʼavn, albatta men barcha olamlarning Parvardigoridan elchiman.(Мусо) деди: «Эй Фиръавн, албатта мен барча оламларнинг Парвардигоридан элчиман.
Muso alayhissalom bilan Firʼavning uchrashuvi–Paygʻambar ila hukmdor, Allohning yoʻliga daʼvat qiluvchi ila Alloh hukmini talashuvchining oʻzaro uchrashuvidir. Muso alayhissalom dastavval podshohga:
«Ey Firʼavn», deb murojaat qildilar. Anchayin nomini aytdilar. Turli dabdabali xislatlaru sifatlarini goʻzal tashbehlar bilan ziynatlamadilar:
«albatta, men olamlarning Robbidan Paygʻambarman»,–dedilar. Bu bilan Firʼavnning «Men odamlarning Robbi–tarbiyachisi, yoʻl koʻrsatuvchisi, rizq beruvchisi va hokimiman», deb qilayotgan daʼvolari safsata ekanini roʻy-rost eʼlon qildilar. Olamlarning Robbi–yagona Allohning Oʻzi ekanini bildirdilar.
Soʻngra, bir yoʻla orani ochiq qilib:
«Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir»,– dedilar.
Yaʼni, men sening mulking, hukming, davlating, askaring va bosh- qa narsalaringni eʼtiborga olib yoxud ulardan qoʻrqib, Alloh va din haqidagi haqiqatlarni boshqalarga ham, senga ham yoqadigan tarzda bayon qilmayman. Borini, haqni gapiraman, xohlasang ham, xohlamasang ham–shu.
Shuningdek, Muso alayhissalom bu gaplarni oʻzlari toʻqib chiqarib gapirmayotganlarini, Paygʻambarliklari haq ekanligiga hujjatlari borligini bildirib:
«Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim»,–dedilar.
Soʻngra, qisqacha qilib maqsadga oʻtdilar:
«Men ila Bani Isroilni qoʻyib yubor»,–dedilar.
Oʻzini «Xudo» deb bilgan Firʼavn Bani Isroilni qul–banda qilib olgan va ularga Robb ekaniga shubhalanmas edi. Muso alay- hissalom unga haqiqiy Robb Alloh ekanini tushuntirib, Bani Isroilni ozod qilish oʻsha yagona Allohning–haqiqiy Robbning amri ekanini izhor etdilar.
Ammo, tugʻyonga ketgan hokimlar vakili boʻlmish Firʼavn juda ham usta makkor edi. U oʻz niyatini birdaniga oshkor qilmaydi. Muso alayhissalom bilan boʻlayotgan muloqotda ham ana shu makrni ishga soldi. Oʻzini goʻyo haqiqat izlovchisi qiyofasida koʻrsatishga harakat qilib, asl niyatini munofiqlik ila yashirdi: