QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят11

وَلَقَدْ خَلَقْنَـٰكُمْ ثُمَّ صَوَّرْنَـٰكُمْ ثُمَّ قُلْنَا لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ لَمْ يَكُن مِّنَ ٱلسَّـٰجِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. So`ngra esa, farishtalarga: «Odamga sajda qiling», – dedik. Bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bo`lmadi.Ва батаҳқиқ, Биз сизларни яратдик, кейин сизларга суврат бердик. Сўнгра эса, фаришталарга: «Одамга сажда қилинг», – дедик. Бас, улар сажда қилдилар. Магар иблис сажда қилувчилардан бўлмади.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz sizlarni yaratdik, soʻng sizlarga surat berdik, soʻngra farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deyishimiz bilan ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qilguvchilardan boʻlmadi.Аниқки, Биз сизларни яратдик, сўнг сизларга сурат бердик, сўнгра фаришталарга: «Одамга сажда қилинглар», дейишимиз билан улар сажда қилдилар. Магар иблис сажда қилгувчилардан бўлмади.

151-sahifa · 8-juz · 16-hizb151-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқخَلَقْنَـٰكُمْsizlarni yaratdikсизларни яратдикثُمَّkeyinкейинصَوَّرْنَـٰكُمْsizlarga suvrat berdikсизларга суврат бердикثُمَّsoʻngraсўнграقُلْنَاdedikдедикلِلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаٱسْجُدُوا۟sajda qilingсажда қилингلِـَٔادَمَOdamgaОдамгаفَسَجَدُوٓا۟bas, sajda qildilarбас, сажда қилдиларإِلَّآmagarмагарإِبْلِيسَIblisИблисلَمْemasэмасيَكُنboʻldiбўлдиمِّنَ-dan-данٱلسَّـٰجِدِينَsajda qiluvchilardanсажда қилувчилардан
TafsirТафсир

Alloh insonni yaratgan–yoʻqdan bor qilgan zotdir. Shunchaki yaratib qoʻymay, unga insoniy suvrat va tabiat ham bergan Zotdir. Binobarin, inson nafaqat yashash imkoni uchun, balki uni dunyoga keltirib, inson suvratini bergani uchun ham Alloh oldida qarzdordir. Inson oʻziga berilgan imkoniyatlarni Allohdan boshqa birov bera olishini isbot qila olmaganidek, oʻzini dunyoga keltirgan Zot ham faqatgina Alloh ekanini eʼtirof etishdan boshqa iloji yoʻq. Inson oʻzidan- oʻzi dunyoga kelib qolgani yoʻq. Oʻzini oʻzi ham yarata olmaydi. Boshqa birov ham uni yarata olmaydi. Inson maymundan paydo boʻlgan degan fikr esa, dunyodagi eng ahmoqona fikr ekani ilmiy ravishda isbot etildi. Shuning uchun ham, Inson Allohga shukr qilmogʻi lozim. Alloh taolo insonni yaratib, unga suvrat berish bilan kifoyalanib qolmadi. Balki, uni Oʻz maxluqlari ichida ulugʻladi:

«Soʻngra, esa farishtalarga: «Odamga sajda qiling», – dedik».

Bu narsa odam uchun ulugʻ maqom edi. Farishtalar Allohning oʻziga xos maxluqlari boʻlib, insonlar ular haqida faqat Alloh xabar bergan narsalarnigina biladilar. Bu haqda avval oʻtgan oyatlar tafsirida mufassal gapirilgan. Ana oʻsha maʼlumotlarda Alloh taolo farishtalarni faqat itoat qiladigan tabiat ila nurdan yaratgani haqida soʻz ketgan edi. Farishtalarda isyon-gunoh qilish qobiliyati yoʻq, ular faqat itoat etadilar, xolos. Shuning uchun ham, ular Alloh taologa yaqin–muqarrab xalqdirlar. Endi, ana shunday, nurdan yaratilgan, faqat toat ila mashgʻul boʻlgan muqarrab zotlarning Odamga sajda qilishga amr etilishi, albatta, Insonni ulugʻlashdan boshqa narsa emas. Ana oʻsha amri ilohiy sodir boʻlganda farishtalar uni soʻzsiz ado etdilar. Odamga sajda qildilar.

«Magar Iblis sajda qiluvchilardan boʻlmadi».

Shuningdek, Iblis vakil boʻlmish jin olami ham boshqacha bir olam. U na inson olamiga va na farishtalar olamiga oʻxshaydi. Inson u olam haqida ham Alloh taoloning xabaridan boshqa maʼlumotni bilmaydi. Iblis va jinlar haqida ham avval oʻtgan oyatlar va ularning tafsirida mufassal soʻz ketgan. Iblis oʻtdan yaralgani, maʼsiyatga moyilligi maʼlum, ammo ushbu surada, xususan kelasi oyatda uning nima uchun Odamga sajda etmay, Allohga isyon qilganining sababi koʻrsatiladi: