قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلَّا تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ ۖ قَالَ أَنَا۠ خَيْرٌ مِّنْهُ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to`sdi?» – dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni o`tdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi.У зот: «Сенга амр этганимда сажда қилишингдан нима тўсди?» – деди. У: «Мен ундан яхшиман, мени ўтдан яратдинг ва уни лойдан яратдинг», – деди.Alauddin Mansour: (Alloh) dedi: «Senga buyurgan paytimda nima seni sajda qilishdan toʻsdi?» «Men undan (Odamdan) yaxshiroqman. Meni olovdan yaratgansan. Uni esa loydan yaratding», dedi u.(Аллоҳ) деди: «Сенга буюрган пайтимда нима сени сажда қилишдан тўсди?» «Мен ундан (Одамдан) яхшироқман. Мени оловдан яратгансан. Уни эса лойдан яратдинг», деди у.
Mana shu narsa dunyodagi barcha isyonning boshidir. Allohdan kelgan amrni soʻzsiz bajarish maxluqotlarning burchidir. Ammo, ilohiy amrni muhokama qila boshlash, uni bajarmaslikka bahona axtarish fasodning boshidir. Laʼnati Iblis Allohning biru borligini hech vaqt inkor qilmagan, shuningdek, Uning Xoliq–yaratguvchi, Roziq–rizq berguvchi, Robb–tarbiya qilguvchi, yoʻllanma berguvchi, Hokim–hukm qilguvchi ekanini ham hech qachon rad etmagan. Uning isyoni–Allohdan kelgan amrni turli bahonalar bilan amalga oshirmasligidir. Eng yomoni–gunohni qilib qoʻyib, tavba etmasdan, qilmishini oqlashga oʻtishidir.
Alloh taolo Oʻz amrini bajarmagan, Odamga sajda qilmagan Iblisdan:
«Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima toʻsdi?»–deb soʻraganida, u «Tavba qildim, xato qilibman» deyish oʻrniga:
«Men undan yaxshiman, meni oʻtdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi».
Yaʼni, Allohning ochiq-oydin farmoni turib, oʻzining fikrini ishlatdi. Allohning amri turganda, qachon fikrbozliklar boshlansa, Iblisning ishi qilingan boʻladi. Buning oqibati Iblisning oqibatiga oʻxshash boʻladi. Iblisning oqibati esa, quyidagi oyatda bayon qilinadi: