قَالَ فَٱهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَن تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَٱخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ ٱلصَّـٰغِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Bas, u(jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yo`q. Bas, chiq! Albatta, sen xoru zor bo`lguvchilardansan», – dedi.У зот: «Бас, у(жаннат)дан туш! Сен учун унда мутакаббирлик қилиб юриш йўқ. Бас, чиқ! Албатта, сен хору зор бўлгувчилардансан», – деди.Alauddin Mansour: (Alloh) dedi: «U holda undan (jannatdan) tushgin! Sen uchun unda kibru havo qilib yurish joiz emas. Bas, chiq! Albatta sen xor boʻlguvchilardandirsan!»(Аллоҳ) деди: «У ҳолда ундан (жаннатдан) тушгин! Сен учун унда кибру ҳаво қилиб юриш жоиз эмас. Бас, чиқ! Албатта сен хор бўлгувчилардандирсан!»
Iblis Allohning aytganiga amal qilmagani uchun shunday jazoga duchor boʻldi. Aslida, Iblis oʻzini yuqori tutishni iroda qilgan edi. Shuning uchun ham, «Asli mening aslimdan past boʻlgan Odamga sajda qilamanmi?» deb isyonga ketgan edi. Alloh esa, uni irodasiga zid qilib, yaʼni, xoru zor qilib jazoladi. Allohning amrini bilib turib, eʼtiqod qilib turib, unga amal qilmagani uchun Allohning dargohidan quvildi, Uning laʼnatiga uchradi. Ushbu holatga alohida eʼtibor berilsa, bugungi kunda oʻzini musulmon hisoblab yurgan koʻplar aslida iblisona ishlar qilayotganlari maʼlum boʻladi. Chunki, ular ham Iblisga oʻxshab, Allohga ishonaman, dinga eʼtiqodim bor deb, hammayoqqa safsata sotadilar. Ammo, «eʼtiqoding boʻlsa, iymon daʼvosi qilsang, namoz oʻqi, roʻza tut, Allohning aytganini qil», desangiz, turli bahonalarni topadi. Eng katta va mashhur gaplari: «Eʼtiqod–qalbning ishi, din–odamning shaxsiy ishi, modomiki, men Allohning borligini bilar ekanman, dinga eʼtiqod qilar ekanman, men musulmonman, men najot topaman», deyishlaridir. Ammo, ushbu oyatdan koʻrinib turibdiki, Iblis ulardan koʻra Allohning borligini yaxshiroq bilar edi, eʼtiqodda ulardan kuchli edi, lekin amal qilmagani uchun Allohning laʼnatiga uchradi. Alloh taolo uni jannatdan chiqib ketishga buyurdi. Unga xoru zor boʻlishining xabarini berdi. U esa: