وَجَآءَ ٱلسَّحَرَةُ فِرْعَوْنَ قَالُوٓا۟ إِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ ٱلْغَـٰلِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sehrgarlar Fir'avnga kelib: «Agar biz g`olib bo`lsak, albatta, mukofot olsak kerak?» – dedilar.Сеҳргарлар Фиръавнга келиб: «Агар биз ғолиб бўлсак, албатта, мукофот олсак керак?» – дедилар.Alauddin Mansour: (Shundan keyin) sehrgarlar Firʼavn oldiga kelishib: «Agar biz gʻolib boʻlsak, albatta (katta) mukofot (berursan)», deyishdi.(Шундан кейин) сеҳргарлар Фиръавн олдига келишиб: «Агар биз ғолиб бўлсак, албатта (катта) мукофот (берурсан)», дейишди.
Sehrgarlar oʻzlarining kim ekanliklarini, oʻz qudrat va salohiyatlarini juda yaxshi bilishardi. Bu bobda ularga teng keladigani yoʻqligini ham inkor etishmasdi.
Shuning uchun, Muso alayhissalom bilan kuch sinashish uchun Firʼavnning amriga binoan toʻplanib kelishgandan soʻng unga yuqoridagi savolni berdilar.
«Agar biz gʻolib boʻlsak, albatta, mukofot olsak kerak?» –dedilar».