قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ لَمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ha. Va, albatta, mening yaqin kishilarimdan bo`lursizlar».У: «Ҳа. Ва, албатта, менинг яқин кишиларимдан бўлурсизлар».Alauddin Mansour: U: «Ha, (agar gʻolib boʻlsangizlar), albatta sizlar mening yaqinlarimdan boʻlursizlar», dedi.У: «Ҳа, (агар ғолиб бўлсангизлар), албатта сизлар менинг яқинларимдан бўлурсизлар», деди.
Yaʼni, mukofot bilan taqdirlanishingiz tayin gap, boz ustiga, men sizlarni oʻzimga muqarrablardan qilib olaman. Bu ham barcha zamon firʼavnlarining odati. Oʻziga qul boʻlgan malay-yugurdaklarni mukofotlashda baxillik qilmaydilar. Bu maraz yugurdaklar boshqa begunohlarga qanchalik koʻp xiyonat qilsalar, ularni oʻzlariga shu qadar yaqin tutadilar.
Firʼavndan koʻngildagi javobni olgan sehrgarlar xotirjam boʻlib, yeng shimarishdi va ishga kirishib: