قَالَ أَلْقُوا۟ ۖ فَلَمَّآ أَلْقَوْا۟ سَحَرُوٓا۟ أَعْيُنَ ٱلنَّاسِ وَٱسْتَرْهَبُوهُمْ وَجَآءُو بِسِحْرٍ عَظِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning ko`zini sehrladilar, qo`rqitdilar va zo`r sehr ko`rsatdilar.У: «Сизлар ташланглар», – деди. Улар ташлаганларида, одамларнинг кўзини сеҳрладилар, қўрқитдилар ва зўр сеҳр кўрсатдилар.Alauddin Mansour: U (Muso): «Sizlar tashlanglar», dedi. Bas, ular tashlaganlarida, odamlarni koʻzlarini boʻyab dahshatga solib qoʻydilar va zoʻr sehr koʻrsatdilar.У (Мусо): «Сизлар ташланглар», деди. Бас, улар ташлаганларида, одамларни кўзларини бўяб даҳшатга солиб қўйдилар ва зўр сеҳр кўрсатдилар.
Muso alayhissalom bosiqlik va ishonch bilan sehrgarlarga qarab, avval
«Sizlar tashlanglar», – dedi».
Ular qoʻllaridagi arqon va asolarini tashladilar. Boyagi arqon va asolar odamlarning nazariga ilon boʻlib koʻrindi. Sehrgarlar odamlarning koʻzini sehrlab, yaʼni boʻyab qoʻygan edilar. Shunday qilib, arqon va asolarni ilonlarga oʻxshatib, odamlarni qoʻrqitdilar va zoʻr sehr koʻrsatdilar. Shunda: