إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلْعِجْلَ سَيَنَالُهُمْ غَضَبٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَذِلَّةٌ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُفْتَرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, buzoqni (xudo) tutganlarga Robbilaridan g`azab va hayoti dunyoda xorlik yetadir. Yolg`on to`quvchilarni mana shunday jazolarmiz.Албатта, бузоқни (худо) тутганларга Роббиларидан ғазаб ва ҳаёти дунёда хорлик етадир. Ёлғон тўқувчиларни мана шундай жазолармиз.Alauddin Mansour: Shubhasiz, buzoqni («xudo» qilib) ushlab olgan kimsalarga Parvardigorlari tarafidan gʻazab va hayoti dunyoda xor-zorlik yetar. (Alloh shaʼniga) yolgʻon toʻquvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz.Шубҳасиз, бузоқни («худо» қилиб) ушлаб олган кимсаларга Парвардигорлари тарафидан ғазаб ва ҳаёти дунёда хор-зорлик етар. (Аллоҳ шаънига) ёлғон тўқувчи кимсаларни мана шундай жазолаймиз.
Kim Alloh taologa nisbatan yolgʻon toʻqisa, u Allohning gʻazabiga uchraydi va dunyo hayotida xoru zor boʻladi. Bu haqiqat asrlar boʻyi isbotini topib davom etib kelmoqda va bundan keyin ham etaveradi. Buzoqni xudo deb Alloh zotiga yolgʻon toʻqigan Bani Isroil bunga yaqqol misol boʻla oladi. Xudosiz qavmlar tarixining har lahza va har sanasida bunga oʻxshash yuzlab misollarga guvoh boʻlish mumkin.