QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят153

وَٱلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ثُمَّ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِهَا وَءَامَنُوٓا۟ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Gunoh ishlarni qilganlar, undan keyin tavba qilsalar va iymon keltirsalar, albatta, Robbing undan so`ng mag`firat qilguvchi va mehribon Zotdir.Гуноҳ ишларни қилганлар, ундан кейин тавба қилсалар ва иймон келтирсалар, албатта, Роббинг ундан сўнг мағфират қилгувчи ва меҳрибон Зотдир.Alauddin Mansour: Gunoh ishlarni qilib, keyin ularning ortidan tavba qilgan va iymon keltirgan kishilar uchun esa albatta Parvardigoringiz oʻshandan keyin ham magʻfirat qilguvchi, mehribondir.Гуноҳ ишларни қилиб, кейин уларнинг ортидан тавба қилган ва иймон келтирган кишилар учун эса албатта Парвардигорингиз ўшандан кейин ҳам мағфират қилгувчи, меҳрибондир.

169-sahifa · 9-juz · 17-hizb169-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva kimsalarва кимсаларعَمِلُوا۟qilganқилганٱلسَّيِّـَٔاتِgunoh ishlarniгуноҳ ишларниثُمَّsoʻngraсўнграتَابُوا۟tavba qilsalarтавба қилсаларمِنۢ-dan-данبَعْدِهَاundan keyinундан кейинوَءَامَنُوٓا۟va iymon keltirsalarва иймон келтирсаларإِنَّalbattaалбаттаرَبَّكَRobbingРоббингمِنۢ-dan-данبَعْدِهَاundan soʻngундан сўнгلَغَفُورٌۭalbatta, magʻfirat qilguvchiалбатта, мағфират қилгувчиرَّحِيمٌۭmehribondirмеҳрибондир
TafsirТафсир

Gunohni qilgandan soʻng, unda bardavom boʻlmasdan tavba qilib, gunohdan qaytib, qilmishiga nadomat chekib, soʻng iymon keltirgan odamlar faqat oʻzlariga yaxshilik qiladilar. Alloh taolo ularning gunohlarini magʻfirat etib, rahmatiga sazovor aylaydi.

Mana shu oyati karima ila, agar Bani Isroil yuqoridagi oyatlarda zikri kelgan gunohlaridan qaytib tavba qilsalar va iymon keltirsalar, Alloh taolo albatta ularni magʻfirat qilishiga ishora qilinmoqda.

Ushbu ikki oyati karimadan keyin yana Muso alayhissalom miyqotdan qaytib kelgan chogʻdagi sahnaga qaytiladi: