QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят154

وَلَمَّا سَكَتَ عَن مُّوسَى ٱلْغَضَبُ أَخَذَ ٱلْأَلْوَاحَ ۖ وَفِى نُسْخَتِهَا هُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلَّذِينَ هُمْ لِرَبِّهِمْ يَرْهَبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki Musoning g`azabi bosilgach, lavhlarni oldi. Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qo`rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.Қачонки Мусонинг ғазаби босилгач, лавҳларни олди. Уларнинг нусхасида Роббиларидан ҳақиқатда қўрқадиганлар учун ҳидоят ва раҳмат бор эди.Alauddin Mansour: Qachonki Musoning gʻazabi bosilgach, haligi lavhlarni (yerdan) oldi — unda Parvardigoridan qoʻrqadigan kishilar uchun hidoyat va rahmat boʻlur, deb bitilgan edi.Қачонки Мусонинг ғазаби босилгач, ҳалиги лавҳларни (ердан) олди — унда Парвардигоридан қўрқадиган кишилар учун ҳидоят ва раҳмат бўлур, деб битилган эди.

169-sahifa · 9-juz · 17-hizb169-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиسَكَتَbosildiбосилдиعَن-dan-данمُّوسَىMusoningМусонингٱلْغَضَبُgʻazabiғазабиأَخَذَoldiолдиٱلْأَلْوَاحَ ۖlavhlarniлавҳларниوَفِىva -daва -даنُسْخَتِهَاularning nusxasidaуларнинг нусхасидаهُدًۭىhidoyatҳидоятوَرَحْمَةٌۭva rahmat bor ediва раҳмат бор эдиلِّلَّذِينَkimsalar uchunкимсалар учунهُمْularуларلِرَبِّهِمْRobbilaridanРоббилариданيَرْهَبُونَhaqiqatda qoʻrqadiganҳақиқатда қўрқадиган
TafsirТафсир

Horunning gapidan keyin bir oz oʻziga kelib, Allohdan magʻfirat soʻrab, Uning rahmatidan umidvorliklarini bildirganlaridan soʻng, Muso alayhissalomning gʻazablari bosildi. Shunda, yerga qoʻygan lavhlarni qoʻllariga oldilar.

«Qachonki Musoning gʻazabi bosilgach, lavhlarni oldi».

Bu lavhlarda Alloh taolodan haqiqatda qoʻrqadigan odamlar uchun katta hidoyat va ulkan rahmatlar borligi yozilgan edi.

«Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qoʻrqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi».

Kim bu yozuvlarga amal qilsa, hidoyat topadi va Allohning rahmatiga muvaffaq boʻladi.