QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят155

وَٱخْتَارَ مُوسَىٰ قَوْمَهُۥ سَبْعِينَ رَجُلًا لِّمِيقَـٰتِنَا ۖ فَلَمَّآ أَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ قَالَ رَبِّ لَوْ شِئْتَ أَهْلَكْتَهُم مِّن قَبْلُ وَإِيَّـٰىَ ۖ أَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَّآ ۖ إِنْ هِىَ إِلَّا فِتْنَتُكَ تُضِلُّ بِهَا مَن تَشَآءُ وَتَهْدِى مَن تَشَآءُ ۖ أَنتَ وَلِيُّنَا فَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَا ۖ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْغَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo`lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni mag`firat qil va rahim et. Sening O`zing mag`firat qiluvchilarning eng yaxshisisan.Ва Мусо мийқотимизга қавмидан етмиш кишини танлаб олди. Уларни даҳшатли зилзила тутган пайтда: «Эй Роббим, агар хоҳласанг, буларни ҳам, мени ҳам бундан олдин ҳалок қилсанг бўларди. Эси пастларимиз қилган иш туфайли бизни ҳалок қиласанми? Бу Сенинг синовингдан бошқа нарса эмас. У ила кимни хоҳласанг, адаштирасан ва кимни хоҳласанг, ҳидоятга соласан. Сен валийимизсан, бас, бизни мағфират қил ва раҳим эт. Сенинг Ўзинг мағфират қилувчиларнинг энг яхшисисан.Alauddin Mansour: Muso Bizning belgilagan vaqtimizga (huzurimizga) olib kelish uchun oʻz qavmidan (buzoqqa sigʻinmagan) yetmish kishini tanlab oldi. Shu payt ularni dahshatli zilzila tutgan edi, aytdi: «Parvardigorim, agar xohlasang ularni ham, meni ham ilgari (yaʼni, ular buzoqqa sigʻinayotgan paytlarida) halok qilsang boʻlur edi. Oramizdagi aqlsiz kimsalarning qilmishlari sababli (endi) bizlarni halok qilasanmi? Axir bu (yaʼni, ularning buzoqqa sigʻinishlari) faqatgina Oʻzing xohlagan kishingni u sababli adashtiradigan, xohlagan kishini hidoyat qiladigan bir imtihoning edi-ku? Oʻzing Xojamizsan, bas, bizni magʻfirat qil, bizlarga rahm ayla. Oʻzing magʻfirat qilguvchilarning eng yaxshisidirsan.Мусо Бизнинг белгилаган вақтимизга (ҳузуримизга) олиб келиш учун ўз қавмидан (бузоққа сиғинмаган) етмиш кишини танлаб олди. Шу пайт уларни даҳшатли зилзила тутган эди, айтди: «Парвардигорим, агар хоҳласанг уларни ҳам, мени ҳам илгари (яъни, улар бузоққа сиғинаётган пайтларида) ҳалок қилсанг бўлур эди. Орамиздаги ақлсиз кимсаларнинг қилмишлари сабабли (энди) бизларни ҳалок қиласанми? Ахир бу (яъни, уларнинг бузоққа сиғинишлари) фақатгина Ўзинг хоҳлаган кишингни у сабабли адаштирадиган, хоҳлаган кишини ҳидоят қиладиган бир имтиҳонинг эди-ку? Ўзинг Хожамизсан, бас, бизни мағфират қил, бизларга раҳм айла. Ўзинг мағфират қилгувчиларнинг энг яхшисидирсан.

169-sahifa · 9-juz · 17-hizb169-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱخْتَارَva tanlab oldiва танлаб олдиمُوسَىٰMusoМусоقَوْمَهُۥqavmidanқавмиданسَبْعِينَyetmishетмишرَجُلًۭاkishiniкишиниلِّمِيقَـٰتِنَا ۖmiyqotimizgaмийқотимизгаفَلَمَّآbas, qachonkiбас, қачонкиأَخَذَتْهُمُularni tutgan paytdaуларни тутган пайтдаٱلرَّجْفَةُdahshatli zilzilaдаҳшатли зилзилаقَالَdediдедиرَبِّey Robbimэй Роббимلَوْagarагарشِئْتَxohlasangхоҳласангأَهْلَكْتَهُمbularni halok qilardingбуларни ҳалок қилардингمِّن-dan-данقَبْلُbundan oldinбундан олдинوَإِيَّـٰىَ ۖva meni hamва мени ҳамأَتُهْلِكُنَاbizni halok qilasanmiбизни ҳалок қиласанмиبِمَاish tufayliиш туфайлиفَعَلَqilganқилганٱلسُّفَهَآءُesipastlarэсипастларمِنَّآ ۖbizdanбизданإِنْemasэмасهِىَbuбуإِلَّاboshqa narsaбошқа нарсаفِتْنَتُكَSening sinovingСенинг синовингتُضِلُّadashtirasanадаштирасанبِهَاu ilaу илаمَنkimniкимниتَشَآءُxohlasangхоҳласангوَتَهْدِىva hidoyatga solasanва ҳидоятга соласанمَنkimniкимниتَشَآءُ ۖxohlasangхоҳласангأَنتَSenСенوَلِيُّنَاvaliymizsanвалиймизсанفَٱغْفِرْbas, magʻfirat qilбас, мағфират қилلَنَاbizniбизниوَٱرْحَمْنَا ۖva rahm etва раҳм этوَأَنتَva Sening Oʻzingва Сенинг Ўзингخَيْرُeng yaxshisisanэнг яхшисисанٱلْغَـٰفِرِينَmagʻfirat qiluvchilarningмағфират қилувчиларнинг
TafsirТафсир

Bani Isroil tilladan yasalgan buzoq haykaliga ibodat qilib, ulkan gunoh sodir etganlari, keyin afsus bilan tavba qilganlari uchun Alloh taolo Muso alayhissalomga ulardan yetmish kishini oʻz miyqotiga olib kelishni amr qilgan va bu yetmish nafar barcha Bani isroilliklar nomidan Allohga uzr aytib, duo qilishlari kerak edi.

«Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi».

Muso alayhissalom Bani Isroilning oʻn ikki urugʻidan, buzoqqa ibodat qilmagan yetmish kishini tanlab, Allohning miyqotiga olib bordilar. Ular esa, Muso alayhissalomga, bizga Xudoning Oʻzini koʻrsat, deb turib oldilar. Bani Isroil bani isroilligini doimo qiladi. Hattoki ular orasidan tanlab olinganlarning qilmishi shu boʻldi. Bunday shakkoklik sodir etganlaridan soʻng, ularni dahshatli zilzila tutib, oʻzlaridan ketdilar. Shu payt Muso alayhissalom Alloh taologa iltijo qilib:

«Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang boʻlardi. Esipastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi?»–dedilar.

Yaʼni, agar bizni halok qilmoqchi boʻlsang, miyqotingga kelishimizdan oldin, gunoh sodir boʻlgan paytning oʻzidayoq halok qilib yuborsang boʻlar edi. Esipast–aqlsizlarimiz qilgan ish–(buzoqqa ibodat qilish) tufayli bizni–(miyqotingga kelganlarni) halok qilasanmi?

«Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas».

Yaʼni, sodir boʻlgan bari hodisalar Sening imtihoningdir.

«U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan».

Bu sinov tufayli baʼzilar adashadi, baʼzilar hidoyat topadi. Har bir sinovning natijasi–shu. Kimdir bu imtihondan yaxshi oʻtib, hidoyat topadi, kimdir oʻta olmay, zalolatga ketadi. Bizga esa, Sening Oʻzing madad bergin. Chunki:

«Sen valiyimizsan».

Sendan oʻzga valiyimiz yoʻq. Sinovdan yorugʻ yuz bilan oʻtishimizga Oʻzing madad ber.

«...bas, bizni magʻfirat qil va rahim et. Sening Oʻzing magʻfirat qiluvchilarning eng yaxshisisan».