قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِ ٱلنَّبِىِّ ٱلْأُمِّىِّ ٱلَّذِى يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَكَلِمَـٰتِهِۦ وَٱتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki bo`lgan, Undan o`zga iloh yo`q bo`lgan va tiriltirib o`ldiradigan Allohning Payg`ambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt.Сен: «Эй одамлар, албатта, мен сизларнинг барчангизга, осмонлару ернинг мулки Уники бўлган, Ундан ўзга илоҳ йўқ бўлган ва тирилтириб ўлдирадиган Аллоҳнинг Пайғамбаридирман. Бас, Аллоҳга ҳамда Унинг Аллоҳ ва Унинг калималарига иймон келтирадиган уммий Набийсига иймон келтиринг. Ва унга эргашинг, шоядки, ҳидоят топсангиз», – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Ey odamlar, albatta men sizlarning barchangizga Alloh (yuborgan) elchiman. U shunday Zotki, samovot va Yer Uning mulkidir. Hech qanday iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir. Hayot va oʻlim beradigan ham Uning Oʻzidir. Bas, Allohga va Uning elchisiga — Alloh va Uning soʻzlariga ishonadigan ummiy paygʻambarga iymon keltiringiz va unga ergashingiz — shoyad hidoyat topursiz».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Эй одамлар, албатта мен сизларнинг барчангизга Аллоҳ (юборган) элчиман. У шундай Зотки, самовот ва Ер Унинг мулкидир. Ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бордир. Ҳаёт ва ўлим берадиган ҳам Унинг Ўзидир. Бас, Аллоҳга ва Унинг элчисига — Аллоҳ ва Унинг сўзларига ишонадиган уммий пайғамбарга иймон келтирингиз ва унга эргашингиз — шояд ҳидоят топурсиз».
Qadimdayoq, Alloh taolo vasf qilib qoʻygan Paygʻambar va uning shariati olamshumul hodisadir, buni eʼlon qilish Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zimmalariga yuklatilmoqda. Olamlardagi barcha inson zotiga nido qilib:
«Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki boʻlgan, Undan oʻzga iloh yoʻq boʻlgan va tiriltirib oʻldiradigan Allohning Paygʻambaridirman», deyishga amr qilinmoqda.
Burungi Paygʻambarlar oʻz qavmlari va oʻz zamonlariga, oʻzlaridan soʻng yangi Paygʻambar kelguncha boʻlgan davrga Paygʻambar boʻlganlar. Ular insoniyat tarixining maʼlum bir davri uchun masʼul boʻlganlar. Ammo, Muhammad sollallohu alayhi vasallam butun olam xalqlariga va qiyomatga qadar kechadigan zamonlarga Paygʻambar boʻlib keldilar. U kishining shariatlari vaqt oʻtishi bilan eskirib qolmaydi, balki barcha vaqt va makonga salohiyati bor shariatdir. Uning hayotga tatbiq qiladigan shoxobchalari zamon talabiga doimo javob bera oladi. Shuning uchun ham, Muhamad sollallohu alayhi vasallamga butun insoniyatga qarata, men barchangizga Paygʻambarman, deb aytish huquqi berilgan. U zot Paygʻambar boʻlganlarida ham, «Osmonlaru yerning mulki Uniki boʻlgan» Allohning Paygʻambaridirlar. Osmonlaru yer Alloh mulki boʻlganidan keyin, undagi odamlar ham Allohning mulki. Alloh ularning moliki. Molik mamluklarining barchasiga ulardan birini Paygʻambar qilib tayin etishi hech gap emas. Shu bilan birga, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Paygʻambari boʻlgan Zot «undan oʻzga iloh yoʻq boʻlgan» Zotdir. Alloh ibodatga sazovor yagona Zot ekan, Uning jumla bandalarini birlashtiruvchi yagona din Islom dini boʻlishi va ularning barchasiga Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarligi haqiqatdir.
«...va tiriltirib oʻldiradigan Allohning Paygʻambaridirman».
Tiriltiradigan–hayot ato qiladigan Zot Oʻzi hayot bergan bandalarining barchasiga yagona Paygʻambar yuborishga qodir. Hammani oʻldiradigan–hayotini oladigan Zot yana qaytib Oʻzi hayotini oladigan bandalarining barchasiga yagona Paygʻambar yuborishga qodir. Bu uning uchun juda ham oson ish. Shunday boʻlgandan keyin:
«Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy nabiysiga iymon keltiring».
Demak, Allohga, Uning Paygʻambariga iymon keltirish zarur. Avvalo, oʻsha Paygʻambarning oʻzi Allohga, Uning kalimalariga iymon keltirgan boʻlishi shart. Chunki, daʼvatiga daʼvatchining oʻzi mustahkam iymonli boʻlmasa, uning daʼvati besamardir.
Buning ustiga, oʻsha Paygʻambar yer yuzidagi ustozlardan taʼlim olmagan «ummiy» boʻlsa, hech kimdan yozishni ham, oʻqishni ham oʻrganmagan, balki dunyoga kelganidan soʻng bevosita Allohning Oʻzidangina taʼlim olgan boʻlsa, bu nechuk ulugʻ saodat!
Ana shunday Paygʻambarga faqat iymon keltiribgina qolmay:
«unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz».
Demak, iymonga munosib amal ham boʻlishi zarur. Ana oʻshanda hidoyatga erishilgan boʻladi.
Ushbu oyatdan keyin yana Bani Isroil qissasiga qaytiladi: