قَالَ فَبِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَٰطَكَ ٱلْمُسْتَقِيمَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Meni ig`voga uchirganing sababli, albatta, men ularni To`g`ri yo`lingda to`sib o`tiraman.У: «Мени иғвога учирганинг сабабли, албатта, мен уларни Тўғри йўлингда тўсиб ўтираман.Alauddin Mansour: U aytdi: «Qasamki, endi meni yoʻldan ozdirganing sababli mudom Sening Toʻgʻri Yoʻling ustida ularni (Odam bolalarini) kutib oʻtirurman.У айтди: «Қасамки, энди мени йўлдан оздирганинг сабабли мудом Сенинг Тўғри Йўлинг устида уларни (Одам болаларини) кутиб ўтирурман.
Baʼzi tafsirchilar ushbu oyatni: «Meni igʻvoga uchirganing kabi, albatta, men ularni Toʻgʻri yoʻlingda toʻsib oʻtiraman, dedi», deb ham taʼvil qilganlar. Yaʼni, shayton odamni deb jannatdan quvildi, igʻvoga uchradi. Shuning uchun, u qasd qilib, qiyomatgacha odam bolasidan oʻch olishga qasam ichdi. Ushbu oyatda esa, oʻsha qasd qilgan igʻvosini Allohning Toʻgʻri yoʻlida–siroti mustaqiymda turib qilishi aytilmoqda. Yaʼni, Iblis siroti mustaqiymda oʻtirib olib, kim oʻtsa, igʻvo qilib, uni yoʻldan urishga harakat qiladi. Ushbu holat hadisi shariflarning birida juda ham jonli tasvirlab berilgan.
Imom Ahmad ibn Hanbal Siyrat ibn Abul Folih roziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha, u kishi deydilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagilarni aytganlarini eshitdim: «Shayton Odam bolasining yoʻllariga oʻtirib olgan: U odamning Islom yoʻliga oʻtirib olib: «Oʻz diningni, ota-bobolaringning dinini tark etib musulmon boʻlasanmi?»–dedi. Ammo odam unga isyon etib, musulmon boʻldi. U odamning hijrat yoʻliga oʻtirib olib: «Oʻz yeringni, osmoningni tark etib, hijrat qilasanmi? Muhojir otning taqasi kabi-ku»,–dedi. Ammo, odam unga isyon etib, hijrat qildi. Soʻngra, u odamning jihod yoʻliga oʻtirib olib: «Urushga kirib oʻlasanmi, xotiningni boshqalar oladimi, molu mulking boʻlinadimi?»–dedi. Odam unga isyon etdi va jihod qildi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam bolalaridan kim shunday qilsa, oʻlgandan soʻng uni jannatga kiritish Allohning zimmasida boʻladi. Agar oʻldirilsa ham, uni jannatga kiritish Allohning zimmasida boʻladi. Agar gʻarq boʻlsa ham, uni jannatga kiritish Allohning zimmasida boʻladi. Yoki ulovdan yiqilib oʻlsa ham, uni jannatga kiritish Allohning zimmasida boʻladi»,–dedilar».
Shunga koʻra, insonning Allohga emas, Iblisga isyon qilishi lozim boʻladi. Ammo, bu oson kechmaydi. Chunki, Iblis insonni igʻvo qilish, yoʻldan ozdirish uchun turli tomonlardan hamla qiladi. Butun qudratini ishga soladi. Keling, Qurʼoni Karimda kelgan uning ushbu eʼtirofining davomiga eʼtibor beraylik: