QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят17

ثُمَّ لَـَٔاتِيَنَّهُم مِّنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَـٰنِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ ۖ وَلَا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَـٰكِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, o`ng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko`plarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi.Сўнгра, уларнинг олдиларидан, орқаларидан, ўнг томонларидан ва чап томонларидан келаман. Ва уларнинг кўпларини шукр қилувчи ҳолда топмассан», – деди.Alauddin Mansour: Soʻngra ularga oldilaridan va ortlaridan, oʻngu soʻllaridan kelib (Toʻgʻri Yoʻldan ozdirurman) va (oqibatda) ularning koʻplarini (bergan neʼmatlaringga) shukr qilgan hollarida topmaysan».Сўнгра уларга олдиларидан ва ортларидан, ўнгу сўлларидан келиб (Тўғри Йўлдан оздирурман) ва (оқибатда) уларнинг кўпларини (берган неъматларингга) шукр қилган ҳолларида топмайсан».

152-sahifa · 8-juz · 16-hizb152-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграلَـَٔاتِيَنَّهُمalbatta, ularga kelamanалбатта, уларга келаманمِّنۢ-dan-данبَيْنِoldilaridanолдилариданأَيْدِيهِمْularningуларнингوَمِنْva -danва -данخَلْفِهِمْorqalaridanорқалариданوَعَنْva -danва -данأَيْمَـٰنِهِمْoʻng tomonlaridanўнг томонлариданوَعَنva -danва -данشَمَآئِلِهِمْ ۖchap tomonlaridanчап томонлариданوَلَاva emasва эмасتَجِدُtopasanтопасанأَكْثَرَهُمْularning koʻplariniуларнинг кўплариниشَـٰكِرِينَshukr qiluvchi holdaшукр қилувчи ҳолда
TafsirТафсир

Iblis ushbu vaʼdasini doimo bajarib kelmoqda. Ayniqsa, soʻnggi vaqtlarda uning lashkarlari haddan ziyod koʻpaydi. Inson qayerga yuz burmasin ularga duch keladi. Alloh taolo insonga aql va din berib, uni sinashni iroda qilgani uchun Iblisni emin-erkin qoʻyib qoʻydi. Inson aqliga boʻysunib, Allohga itoat etib, Shaytonga qarshi isyon qilsa, oʻzidagi yovuzlikdan gʻolib kelsa, farishtadan ham ustun boʻladi. Ammo, aqlini ishga solmay, Rohman hukmini bajarmasdan, gʻayri mustaqiym yoʻldan yursa, Iblisdan ham badtar boʻladi. Afsuski, laʼnati Shayton ushbu oyatda:

«Va ularning koʻplarini shukr qiluvchi holda topmassan», deganidek, aksariyat odamlar aqlini ishlatmaydilar, Allohga shukr qilmay, kufr keltiradilar.

Alloh taolo Iblisning ushbu daʼvolarini eshitgandan soʻng, javob bermadi-da, unga quyidagi amrni qildi: