سَآءَ مَثَلًا ٱلْقَوْمُ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَأَنفُسَهُمْ كَانُوا۟ يَظْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misoli qanday ham yomon bo`ldi! Ular o`zlariga zulm qiladilar.Оятларимизни ёлғонга чиқарган қавмларнинг мисоли қандай ҳам ёмон бўлди! Улар ўзларига зулм қиладилар.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalarning misoli naqadar yomon boʻldi va ular oʻzlariga zulm qilguvchi boʻldilar.Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсаларнинг мисоли нақадар ёмон бўлди ва улар ўзларига зулм қилгувчи бўлдилар.
Ularning oyatlardan oʻzlarini olib qochishlari, ularga amal qilmasliklari yoxud ushbu oyatlarni yolgʻonga yoʻyishlaridan na Alloh taologa, na Uning barhaq Paygʻambariga, na moʻmin bandalariga biror zarar yetmaydi. Balki, ular bu xatti-harakatlari bilan faqat oʻzlariga zarar yetkazadilar, xolos.