QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят178

مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِى ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh kimni hidoyatga solsa, o`sha hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, o`shalar o`zlari ziyon ko`ruvchilardir.Аллоҳ кимни ҳидоятга солса, ўша ҳидоят топувчидир. Кимни адаштирса, ўшалар ўзлари зиён кўрувчилардир.Alauddin Mansour: Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, oʻsha hidoyat topguvchidir. U zot kimni yoʻldan ozdirsa, bas, ana oʻshalar ziyon koʻrguvchidirlar.Аллоҳ кимни ҳидоят қилса, бас, ўша ҳидоят топгувчидир. У зот кимни йўлдан оздирса, бас, ана ўшалар зиён кўргувчидирлар.

173-sahifa · 9-juz · 18-hizb173-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَنkimniкимниيَهْدِhidoyatga solsaҳидоятга солсаٱللَّهُAllohАллоҳفَهُوَbas, oʻshaбас, ўшаٱلْمُهْتَدِى ۖhidoyat topuvchidirҳидоят топувчидирوَمَنva kimniва кимниيُضْلِلْadashtirsaадаштирсаفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, oʻshalarбас, ўшаларهُمُoʻzlariўзлариٱلْخَـٰسِرُونَziyon koʻruvchilardirзиён кўрувчилардир
TafsirТафсир

Alloh taolo hidoyatni istagan, unga tomon intilgan zotlarni hidoyatga soladi. Shuning uchun ham, boshqa bir oyatda: «Bizning yoʻlimizda jihod qilganlarni, albatta, Oʻz yoʻllarimizga hidoyat qilamiz», degan. Shuningdek, Alloh taolo zalolatni istaganlarni zalolat koʻchasiga soladi.

Ushbu hidoyat va zalolat masalasida kishilarda qadimda ham, hozir ham koʻp savollar paydo boʻlgan. Qurʼoni Karimda bu masala xususida bir qancha oyatlar kelgan, shuningdek, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ham bir qancha hadisi shariflar vorid boʻlgan. Mazkur matnlarni uzoq oʻrganib chiqqan ulamolarimiz quyidagi xulosaga kelganlar (yana Alloh bilguvchiroqdir):

«Alloh subhonahu va taolo oʻz xohishi bilan insonni ham hi-doyatga, ham zalolatga yura oladigan qurama qobiliyat ila yaratgandir. Shu bilan birga, unga Tarbiyakunanda ham bitta ekanini anglay oladigan va u tomon yoʻllanadigan sof tabiatni, hidoyat va zalolatni ajrata oladigan aqlni bergan. Sof tabiat buzilsa, toʻgʻrilash; aql adashgan boʻlsa, toʻgʻri yoʻlga solish uchun Paygʻambarlarni hujjat va dalil bilan yuborgan. Bu hodisalarning hammasi Alloh taoloning xohishidan tashqariga chiqmaydi. Chunki, bu dunyo ishlari, umuman, borliqdagi barcha voqelik faqat Allohning xohishi bilan roʻy beradi.

Allohning xohishi hidoyatga intilganlarni hidoyatga boshlashdir. Shuningdek, Allohning xohishi, u bergan aql, koʻrish, eshitish va anglash qobiliyatlarini faqat oʻz oʻrnida qoʻllab ibrat olmaganlarni zalolatga solishni ham taqozo qiladi».

Ammo, oyat va hadislarni yakka-yakka oʻqib yoki ularga boshqa bir gʻaraz bilan qaralsa, bu maʼnolarni idrok etish xiyla dushvor boʻladi.

Kelasi oyatda ham ushbu masala muolaja qilinadi: