QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят179

وَلَقَدْ ذَرَأْنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ لَهُمْ قُلُوبٌ لَّا يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌ لَّا يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ ءَاذَانٌ لَّا يَسْمَعُونَ بِهَآ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ كَٱلْأَنْعَـٰمِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْغَـٰفِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, jahannam uchun ko`plab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Ko`zlari bor-u, ko`ra olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana o`shalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana o`shalar g`ofildirlar.Батаҳқиқ, жаҳаннам учун кўплаб жин ва инсларни яратдик. Уларнинг диллари бор-у, тушуна олмаслар. Кўзлари бор-у, кўра олмаслар. Қулоқлари бор-у, эшита олмаслар. Ана ўшалар чорва ҳайвонлари кабидирлар. Балки улардан ҳам баттарроқдирлар. Ана ўшалар ғофилдирлар.Alauddin Mansour: Biz jin va insdan koʻplarini jahannam uchun yaratganimiz muhaqqaqdir. Ularning dillari boru anglay olmaydilar, koʻzlari boru koʻra olmaydilar, quloqlari boru eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidirlar, yoʻq, ular (beaql, befahmlikda chorvalardan ham) adashganroqdirlar. Ana oʻshalar gʻaflatda qolgan kimsalardir.Биз жин ва инсдан кўпларини жаҳаннам учун яратганимиз муҳаққақдир. Уларнинг диллари бору англай олмайдилар, кўзлари бору кўра олмайдилар, қулоқлари бору эшитмайдилар. Улар чорвалар кабидирлар, йўқ, улар (беақл, бефаҳмликда чорвалардан ҳам) адашганроқдирлар. Ана ўшалар ғафлатда қолган кимсалардир.

174-sahifa · 9-juz · 18-hizb174-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқذَرَأْنَاyaratdikяратдикلِجَهَنَّمَjahannam uchunжаҳаннам учунكَثِيرًۭاkoʻplabкўплабمِّنَ-dan-данٱلْجِنِّjinжинوَٱلْإِنسِ ۖva inslarniва инсларниلَهُمْularningуларнингقُلُوبٌۭdillari borдиллари борلَّاemasэмасيَفْقَهُونَtushunarlarтушунарларبِهَاular ilaулар илаوَلَهُمْva ularningва уларнингأَعْيُنٌۭkoʻzlari borкўзлари борلَّاemasэмасيُبْصِرُونَkoʻrarlarкўрарларبِهَاular ilaулар илаوَلَهُمْva ularningва уларнингءَاذَانٌۭquloqlari borқулоқлари борلَّاemasэмасيَسْمَعُونَeshitarlarэшитарларبِهَآ ۚular ilaулар илаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларكَٱلْأَنْعَـٰمِchorva hayvonlari kabidirlarчорва ҳайвонлари кабидирларبَلْbalkiбалкиهُمْularуларأَضَلُّ ۚbattarroqdirlarбаттарроқдирларأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُoʻzlariўзлариٱلْغَـٰفِلُونَgʻofillardirғофиллардир
TafsirТафсир

Oyati karimaning birinchi jumlasidan Alloh taolo, aslida, qadimdan jahannam uchun jinlar va inslardan koʻplarini yaratib qoʻygan ekan, degan xulosa kelib chiqish ehtimoli bor.

«Batahqiq, jahannam uchun koʻplab jin va inslarni yaratdik».

Ammo, bu ish Allohning ilmi zamon, makon va moddiy hodisalarga tegishli emas, balki ularning hammasidan baland turuvchi oʻziga xos oliy bir maqom ekanini anglatish uchun aytiladi. Alloh oʻxshashi yoʻq Zotdir. Uning sifatlarini boshqalarnikiga oʻxshatib boʻlmaydi. Ammo, tushunishga oson boʻlishi uchun bir holni tasavvur qilaylik: inson oʻzi yasagan asbob yoki uskunani, ustoz oʻz shogirdining baʼzi xususiyatlarini biladi. Usta yoxud ustoz oʻzining chegaralangan bilimi asosida oʻzi yasagan asbob yoki taʼlim bergan shogirdiga nisbatan kelajakda roʻy beradigan biror voqeani aytsa va bir kun oʻsha voqea haqiqatda sodir boʻlsa, ustaning yoki ustozning oʻsha gapi shu ishni sodir qildi, deb boʻladimi? Yoʻq. Shunga oʻxshab, Alloh taoloning cheksiz ilmi ham bandalarni maʼsiyat qilib, doʻzaxga tashlaguvchi kuch emas, balki kamchiliksiz, toʻgʻri ilm holicha qoladi.

Ushbu oyatda zikri kelayotgan, jahannam uchun yaratilgan koʻplab jin va insonlarning bu dahshatli makonga kirishlariga sabab Allohning azaliy ilmi emas, balki, buning sababi ularning qalblari boʻla turib haqiqatni his qila olmasliklaridir. Ularning koʻzlari boʻla turib, Allohning borligiga dalolat qiluvchi narsalarni koʻra olmasliklaridir. Ularning quloqlari boʻla turib, hidoyatga eltuvchi narsalarni eshita olmasliklaridir.

«Ularning dillari boru tushuna olmaslar. Koʻzlari boru koʻra olmaslar. Quloqlari boru eshita olmaslar».

Ular Alloh bergan aql, koʻz, quloq va boshqa maʼrifat vositalarini toʻgʻri ishga solib, hidoyat yoʻlidan yurmaganlaridan keyin, albatta:

«Ana oʻshalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana oʻshalar gʻofildirlar».

Bunday maxluqlardan chorva hayvonlari afzalroqdir. Chunki, hayvonlar bu dunyoda oʻzlariga yuklatilgan vazifani ado etadilar. Ular insonlarning turli maqsad va manfaatlari uchun yaratilganlar va oʻshalarni toʻkis ado etadilar. Ammo, Alloh bergan jamiyki nozneʼmatlardan foydalana turib, oʻz Robbi huzuridagi vazifasini ado etmagan inson hayvondan battarin boʻlishi shak-shubhasizdir.