وَلِلَّهِ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ فَٱدْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُوا۟ ٱلَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِىٓ أَسْمَـٰٓئِهِۦ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning go`zal ismlari bordir. Bas, Unga o`sha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan og`adiganlarni tek qo`ying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar.Аллоҳнинг гўзал исмлари бордир. Бас, Унга ўша (исм)лар ила дуо қилинг ва Унинг исмларидан оғадиганларни тек қўйинг. Яқинда қилган амалларига яраша жазоланурлар.Alauddin Mansour: Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, Uni oʻsha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar). Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilinglar. Ular yaqinda qilib oʻtgan amallariga yarasha jazolanurlar.Аллоҳнинг гўзал исмлари бордир. Бас, Уни ўша исмлар билан чорланглар (ёд этинглар). Унинг исмларида ҳақдан оғиб (ноўрин жойларда уларни қўллайдиган мушрик) кимсаларни тарк қилинглар. Улар яқинда қилиб ўтган амалларига яраша жазоланурлар.
Allohning barcha ismlari goʻzaldir. Moʻmin-musulmon banda Allohga duo qilganida, oʻsha goʻzal ismlar ila duo qilmogʻi lozim.
«Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, Unga oʻsha(ism)lar ila duo qiling»
Shu bilan birga, Allohning goʻzal ismlarini buzib, toʻgʻrilikdan ogʻadigan buzgʻunchilarni tek qoʻymoq lozim.
«...va Uning ismlaridan ogʻadiganlarni tek qoʻying».
Bu johiliyat davriga xosdir. Oʻsha vaqtdagi mushriklar oʻz butlaridan biriga «Alloh» ismini buzib «al-Lot», boshqasiga «al-Aziz» ismini buzib «al-Uzzo», deb nom qoʻygan edilar. Kimki yoʻldan ozgan boʻlsa,
«Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar».
Imom Buxoriy va imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Allohning toʻqson toʻqqizta, bir kam yuzta ismi bordir. Kim ularni sanab chiqsa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi koʻradi»,–deganlar.