وَمِمَّنْ خَلَقْنَآ أُمَّةٌ يَهْدُونَ بِٱلْحَقِّ وَبِهِۦ يَعْدِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz yaratgan kimsalar ichida haq ila hidoyat qiladigan va u ila adolat qiladigan jamoat ham bor.Ва Биз яратган кимсалар ичида ҳақ ила ҳидоят қиладиган ва у ила адолат қиладиган жамоат ҳам бор.Alauddin Mansour: Biz yaratgan zotlar orasida (odamlarni) haq (din) bilan hidoyat qiladigan va haq (hukm) bilan adolat qiladigan bir jamoat ham bordir.Биз яратган зотлар орасида (одамларни) ҳақ (дин) билан ҳидоят қиладиган ва ҳақ (ҳукм) билан адолат қиладиган бир жамоат ҳам бордир.
Ushbu oyati karimada Alloh taborak va taolo madh etgan bu jamoat Islom ummatidir. Bu ummat qayerda va qachon boʻlsa ham, haqqa daʼvat, haqqa irshod etadi. Bu ummat qayerda va qachon boʻlsa ham, odamlar ichida hukm qilsa, haq-adolat ila hukm qiladi. Islom ummatining haqqa hidoyat qilishiga, ularning haq ila odil hukm yuritishiga tarix shohid. Bu haqiqat doʻst gʻurur bilan, dushman kuyib- yonib iqror boʻlgan haqiqatdir. Islom ummati oʻz dinidan uzoqlashib, kishilarni haqqa hidoyat qilish, ular orasida haq ila adolat oʻrnatishga qodir boʻlmay zaiflashib qolgan vaqtda insoniyat qanday badbaxtlikka duchor boʻlganini koʻrib turibmiz.