وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan tomondan asta-sekin olamiz.Оятларимизни ёлғонга чиқарганларни эса, улар билмайдиган томондан аста-секин оламиз.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalarni esa oʻzlari bilmay qoladigan tarafdan sekin-asta halokatga olib borurmiz.Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсаларни эса ўзлари билмай қоладиган тарафдан секин-аста ҳалокатга олиб борурмиз.
Yaʼni, Alloh taolo kofir va munofiqlarni ohista-ohista, oʻzlariga bildirmagan holda halok qiladi. Dastavval, ularga xohlagan yoʻrigʻiga yurishga imkon berib qoʻyadi. Kofirlar bu holni oʻzlarining tadbiri, aqli va urinishlariga yoʻyib, zalolatda shiddatlayveradi. Oxir borib, halokatga duch keladi.