QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят19

وَيَـٰٓـَٔادَمُ ٱسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ ٱلْجَنَّةَ فَكُلَا مِنْ حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَـٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan bo`lib qolmanglar.Эй Одам, сен жуфтинг билан жаннатни маскан тут. Икковингиз хоҳлаган жойингиздан енг. Аммо мана бу дарахтга яқинлашманглар. Унинг сабабидан золимлардан бўлиб қолманглар.Alauddin Mansour: Ey Odam, sen esa jufting (Havvo) bilan jannatni maskan tutib, xohlagan joyingizdan taomlaning. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmangki, u holda zolimlardan boʻlib qolursiz.Эй Одам, сен эса жуфтинг (Ҳавво) билан жаннатни маскан тутиб, хоҳлаган жойингиздан таомланинг. Фақат мана бу дарахтга яқинлашмангки, у ҳолда золимлардан бўлиб қолурсиз.

152-sahifa · 8-juz · 16-hizb152-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَـٰٓـَٔادَمُva ey Odamва эй Одамٱسْكُنْmaskan tutмаскан тутأَنتَsenсенوَزَوْجُكَva juftingва жуфтингٱلْجَنَّةَjannatniжаннатниفَكُلَاbas, ikkovingiz yenglarбас, икковингиз енгларمِنْ-dan-данحَيْثُqayerdaқаердаشِئْتُمَاikkovingiz xohlasangizикковингиз хоҳласангизوَلَاammo emasаммо эмасتَقْرَبَاikkovingiz yaqinlashinglarикковингиз яқинлашингларهَـٰذِهِmana buмана буٱلشَّجَرَةَdaraxtgaдарахтгаفَتَكُونَاbas, boʻlib qolasizlarбас, бўлиб қоласизларمِنَ-dan-данٱلظَّـٰلِمِينَzolimlardanзолимлардан
TafsirТафсир

Odam alayhissalomning jufti Momo Havo ekanligi hammaga maʼlum. Oyatlar mazmunidan Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratganidan soʻng koʻp oʻtmay Momo Havoni ham xalq qilgani anglashiladi.

Shaytoni laʼinni jannatdan quvganidan soʻng Alloh taolo:

«Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut»,–deb amr qildi. Ushbu jannatda anvoyi neʼmatlar bor.

«Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng».

Nimani xohlasangiz, qayerda istasangiz, yeb rohat qiling.

«Ammo, mana bu daraxtga yaqinlashmanglar».

Faqat birgina daraxtga yaqinlashish, uning mevasidan tanovul qilish sizlarga man qilinadi. Qurʼoni Karim mazkur daraxtning qanday daraxt ekanini tayin qilib aytmaydi. Chunki, gap daraxt navi emas, ilohiy amr, yaʼni, man qilish haqida boryapti. Alloh taolo jannat toʻla narsalarni Odam Ato va Momo Havoga neʼmat qilib berib, xohlagan joyingizdan yeng, deganidan keyin oʻsha birgina daraxtni taʼqiqlamasa ham boʻlaverar, bu bilan Alloh taoloning xazinasiga futur yetmas edi. Ammo, bu taʼqiq odam uchun zarur, unga kerak edi. Zero, taʼqiq boʻlmasa, odam chegara nima ekanini bilmay, irodasiz hayvonga oʻxshab, koʻngli tusagan narsani qiladigan, oqibatda u dunyoni emas, dunyo uni boshqaradigan boʻlib qolardi. Taʼqiq inson irodasini ishga soladi, uni shahvatidan gʻolib kelishga oʻrgatadi, har bir narsaning meʼyori, chegarasi borligini anglatadi. Ushbu narsalarni fahmlash va ularga amal qilish bilan inson hayvondan tubdan farq qiladi.

Alloh taolo odamga aqlu iroda bergani, uni Oʻzining yer yuzidagi xalifasi etib tayinlagani uchun ham unga ushbu taʼqiqni joriy qilib, doimo irodasini chiniqtirib turishini xohlagan. Hayvonga Alloh na aql, na iroda berdi, shu sababli unga xalifalik masʼuliyatini ham yuklamadi, unga bunday amrni ravo koʻrmadi. Agar odam Alloh man qilgan narsaga yaqinlashsa, zolimlardan boʻladi. Shayton odamni vasvasa qilib, Alloh man qilgan narsalarga yaqinlashtirishga tirishadi. Bu muhoraba ushbu oyatlarda bayon etilgan qissa zamonidan boshlangan, yaʼni, Alloh Odam Atoni jufti bilan jannatni maskan tutib, undagi hamma narsalardan xohlaganicha yeb yurishga ruxsat berib, faqat bitta daraxtga yaqinlashmaslikka buyurgan lahzadanoq shaytonning odam zotiga qarshi dushmanona faoliyati boshlangan: