فَوَسْوَسَ لَهُمَا ٱلشَّيْطَـٰنُ لِيُبْدِىَ لَهُمَا مَا وُۥرِىَ عَنْهُمَا مِن سَوْءَٰتِهِمَا وَقَالَ مَا نَهَىٰكُمَا رَبُّكُمَا عَنْ هَـٰذِهِ ٱلشَّجَرَةِ إِلَّآ أَن تَكُونَا مَلَكَيْنِ أَوْ تَكُونَا مِنَ ٱلْخَـٰلِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta bo`lmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi.Бас, шайтон икковларининг беркитилган авратларини очиш учун уларни васваса қилди ва: «Роббингиз сизни ушбу дарахтдан фақат икковингиз фаришта бўлмаслигингиз ёки абадий қолмаслигингиз учунгина ман қилди», – деди.Alauddin Mansour: Soʻng shayton ularni berkitilgan avratlarini ochib yuborish uchun vasvasaga soldi va: «Parvardigoringiz faqat farishtalarga aylanmasligingiz yoki (jannatda) abadiy yashab qolmasligingiz uchungina sizlarni bu daraxtdan qaytardi», dedi.Сўнг шайтон уларни беркитилган авратларини очиб юбориш учун васвасага солди ва: «Парвардигорингиз фақат фаришталарга айланмаслигингиз ёки (жаннатда) абадий яшаб қолмаслигингиз учунгина сизларни бу дарахтдан қайтарди», деди.
Shayton, asosan, insonni sharmanda qilish, uning aybini–avratini ochish uchun jiddu jahd etadi. Ammo, niyatini yashirib, insonning zaif tomonidan hujum qiladi, undagi shahvat va havas olovini alangalatadi.
Bu haqiqatni ushbu oyati karima isbotlaydi.
«Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi».
Burun ularning avratlari yopigʻlik holda edi. Ammo, keyin keladigan oyatlarning birida guvohlik berilishicha, Odam va Havo shayton qutqusiga uchganlaridan soʻng, ularning avratlari ochilib qoldi. Albatta, bu yerda hissiy avratlari nazarda tutilgan. Ammo, odam zurriyotidan kim shayton vasvasasiga uchsa, uning maʼnaviy ayblari ham ochiladi.
Shaytoni laʼin Odam bilan Havoning eng nozik joylaridan tutdi:
«Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta boʻlmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi».
Odam doimo qudratli, xohlagan ishini uddalaydigan, boshqa narsalar taʼsiriga berilmaydigan boʻlishni istaydi. Maʼlumki, farishtalarda ushbu xususiyatlar mavjud. Shuning uchun ham, shayton Odamni vasvasa qilishda ushbu zaif tomonidan keldi. Agar ushbu daraxtdan tanovul etsangiz, farishta boʻlasiz, shu boisdan Alloh sizlarni bu daraxt mevasini yeyishdan man etmoqda, dedi. Shuningdek, odam oʻzi erishgan oliy maqomda abadul abad qolishni, taʼbir joiz boʻlsa, dunyoning yakka-yolgʻiz ustuni boʻlishni doimo orzu qilib kelgan. Shayton uning bu zaif jihatlarini yaxshi biladi. Shu sababli, Odamga, jannatda abadiy qolmasligingiz uchun Robbingiz sizni ushbu daraxtdan tanovul etishni man qildi, deb qutqu soldi. U oʻz vasvasasini haqiqat suratida koʻrsatish uchun: