يَـٰبَنِىٓ ءَادَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ كَمَآ أَخْرَجَ أَبَوَيْكُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ يَنزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْءَٰتِهِمَآ ۗ إِنَّهُۥ يَرَىٰكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُۥ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ ۗ إِنَّا جَعَلْنَا ٱلشَّيَـٰطِينَ أَوْلِيَآءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni o`zlariga avratlarini ko`rsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz ko`rmaydigan tomondan ko`radir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do`st qilganmiz.Эй, Одам болалари, шайтон ота-онангизни ўзларига авратларини кўрсатиш учун устларидан либосларини ечиб, жаннатдан чиқарганидек, сизни ҳам фитнага солмасин. Албатта, у ва унинг ёрдамчилари сизни сиз кўрмайдиган томондан кўрадир. Биз, албатта, шайтонларни иймон келтирмайдиганларга дўст қилганмиз.Alauddin Mansour: Ey Odam bolalari, shayton Otalaringizning avratlarini oʻzlariga koʻrsatish (yaʼni, uyatli ahvolga solib qoʻyish) uchun liboslarini yechib, jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qoʻymasin! Chunki u va uning malaylari sizlarni oʻzingiz bilmaydigan tarafdan koʻrib turadilar (yaʼni, qanday aldashganini sezmay qolishingiz mumkin). Albatta, Biz shaytonni iymonsiz kimsalarga doʻst qilib qoʻyganmiz.Эй Одам болалари, шайтон Оталарингизнинг авратларини ўзларига кўрсатиш (яъни, уятли аҳволга солиб қўйиш) учун либосларини ечиб, жаннатдан чиқаргани каби сизларни ҳам алдаб қўймасин! Чунки у ва унинг малайлари сизларни ўзингиз билмайдиган тарафдан кўриб турадилар (яъни, қандай алдашганини сезмай қолишингиз мумкин). Албатта, Биз шайтонни иймонсиз кимсаларга дўст қилиб қўйганмиз.
Shayton insoniyatning ota-onasi Odam Ato va Momo Havoni qanday fitnaga solgani yuqoridagi oyatlardan maʼlum boʻldi. U Odam Ato va Momo Havoni gunohga chorlab yalangʻoch qildi va jannatdan chiqarishga muyassar boʻldi. Odam bolalari bu hodisani zinhor unutmasliklari zarur. Aks holda, shayton ularni ham sharmandalarcha yalangʻochlab, jannatdan mahrum etadi. Shuning uchun, Alloh taolo ularga xitob qilmoqda:
«Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni oʻzlariga avratlarini koʻrsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin».
Odam bolasi shayton va shaytonzodalar bilan boʻladigan uzluksiz muhorabada boʻsh kelmasligi kerak. Zero, u bir ozgina sust boʻlsa, fitna va magʻlubiyatga uchraydi. Shunday qilib, jahannam oʻchogʻiga oʻtin boʻladi. Ular bu olishuvda juda hushyor boʻlishlari lozim. Chunki, Alloh taolo ularga qilgan xitobda:
«Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz koʻrmaydigan tomondan koʻradir»,–demoqda.
Demak, bu jangda shayton uchun qulayliklar bor. Uning imkoniyatlari insonnikiga nisbatan koʻproq. Inson shaytonni koʻrmaydi, ammo u insonni koʻradi. Bu esa, oʻz navbatida, unga qoʻshimcha imkoniyat beradi, insondan esa, qoʻshimcha hushyorlik talab qilinadi. Chunki, ochiq-oydin dushman boʻlgan shayton sharridan doimo ehtiyot boʻlib turish kerak. Buning uchun kuchli iymon va eʼtiqod zarur.
«Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga doʻst qilganmiz».
Shayton iymonsizlarga doʻst boʻla turib, ularni «tuzlaydi». «Men sening doʻstingman, senga nasihatchiman» deb, yoʻldan uradi. Shayton muhiblari esa, uning gapiga kirib qilgan gunohlarini xaspoʻshlash uchun turli bahonalar topadilar. Jumladan: