وَإِذَا فَعَلُوا۟ فَـٰحِشَةً قَالُوا۟ وَجَدْنَا عَلَيْهَآ ءَابَآءَنَا وَٱللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini ko`rdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh sha'niga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin.Улар қачон фоҳиша иш қилсалар: «Ота-боболаримиз ушбуни қилаётганини кўрдик. Буни бизга Аллоҳ буюрган», – дерлар. «Аллоҳ, албатта, фаҳш ишларга буюрмас. Аллоҳ шаънига билмайдиган нарсангизни айтасизми?!» – дегин.Alauddin Mansour: Ular qachon biron buzuq ish qilsalar (masalan, ular Kaʼbani yalangʻoch hollarida tavof qilar edilar): «Ota-bobolarimizni shunday holda topganmiz. Buni bizga Alloh buyurgan», deydilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Alloh hech qachon bunday buzuq ishlarga buyurmaydi. Alloh shaʼniga (oʻzingiz) bilmaydigan narsalarni aytaverasizlarmi?!»Улар қачон бирон бузуқ иш қилсалар (масалан, улар Каъбани яланғоч ҳолларида тавоф қилар эдилар): «Ота-боболаримизни шундай ҳолда топганмиз. Буни бизга Аллоҳ буюрган», дейдилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Аллоҳ ҳеч қачон бундай бузуқ ишларга буюрмайди. Аллоҳ шаънига (ўзингиз) билмайдиган нарсаларни айтаверасизларми?!»
Arab tilida «fahsh» soʻzi ulkan qabihlik boʻlgan har bir maʼsiyat maʼnosida ishlatilaveradi. Ushbu oyati karimaning dalolati umumiy boʻlsa ham, maʼlum bir holatni bayon qilish uchun nozil boʻlgan. Johiliyat davrida arab mushriklari Baytullohni erkak va ayol yalangʻoch hollarida tavof qilishar, ular bu kiyimlar bilan gunoh ishlar qilganmiz, shuning uchun, ular ila tavof qilmaymiz, deyishar edi. Ularga: «Bu gapni qayerdan oldingiz?»–deyilganda:
«Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini koʻrdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar».
Ota-bobolarning amali Alloh amriga muvofiq boʻlsa va uni farzandlar ham davom ettirsalar, qanday yaxshi. Ammo, ota-bobolarning amali Alloh amriga mutlaqo teskari boʻlsa-da, yana uni Alloh buyurgan, deb tursalar, qanday yomon. Allohning amriga boʻysunib emas, yoʻldan ozgan ota-bobolarning amallari asosida yuzaga kelgan dindorlik shunaqa boʻladi. Aks holda, inson yalangʻoch boʻlib, eng muqaddas makonda, eng ulugʻ ibodatga jurʼat etib, boz ustiga, bu ishni Alloh buyurgan, der edimi?! Oyati karimaning oxirida Alloh taolo mazkur haqiqatni mushriklarning yuziga solish uchun Oʻz Rasuliga quyidagi xitobni qilmoqda:
«Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmaydi. Alloh shaʼniga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin».
Allohning kalomi sharifida siz mushriklar daʼvo qilayotganingizdek kabi amr yoʻq. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida bunga oʻxshash holat yoʻq. Sizning ota-bobolaringiz Alloh ham emas, Paygʻambar ham emas. Ularning amri va amallari hech qachon shariat boʻla olmaydi. Buning ustiga, oʻsha botil amallaringizni Allohga nisbat berishingiz nimasi? Alloh bunday ishlarga zinhor amr qilmaydi.