QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят29

قُلْ أَمَرَ رَبِّى بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَقِيمُوا۟ وُجُوهَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَٱدْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ۚ كَمَا بَدَأَكُمْ تَعُودُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Robbim adolatga amr qildi. Har bir ibodatxonada yuzingizni to`g`ri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avvalda qanday yaratgan bo`lsa, o`sha holda qaytasizlar», – deb ayt.Сен: «Роббим адолатга амр қилди. Ҳар бир ибодатхонада юзингизни тўғри тутинг. Унинг динига ихлос этган ҳолда дуо қилинг. Сизларни аввалда қандай яратган бўлса, ўша ҳолда қайтасизлар», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Parvardigorim adolatga buyurgandir. Har bir sajda chogʻida oʻzlaringizni tikib qoʻyingiz (yaʼni, bor vujudingiz bilan sidqidildan sajda qilingiz) va U zotga diningizni xolis qilgan holda iltijo etingiz. Sizlarni boshlab yaratgan holiga qaytursiz (yaʼni, avval sizlardan yoʻqdan bor qilgani kabi Qiyomat Kunida yana hisob-kitob uchun qabrlaringizdan chiqarur.)Айтинг: «Парвардигорим адолатга буюргандир. Ҳар бир сажда чоғида ўзларингизни тикиб қўйингиз (яъни, бор вужудингиз билан сидқидилдан сажда қилингиз) ва У зотга динингизни холис қилган ҳолда илтижо этингиз. Сизларни бошлаб яратган ҳолига қайтурсиз (яъни, аввал сизлардан йўқдан бор қилгани каби Қиёмат Кунида яна ҳисоб-китоб учун қабрларингиздан чиқарур.)

153-sahifa · 8-juz · 16-hizb153-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтأَمَرَamr qildiамр қилдиرَبِّىRobbimРоббимبِٱلْقِسْطِ ۖadolatgaадолатгаوَأَقِيمُوا۟va toʻgʻri tutingва тўғри тутингوُجُوهَكُمْyuzingizniюзингизниعِندَchogʻidaчоғидаكُلِّhar birҳар бирمَسْجِدٍۢibodat joyiибодат жойиوَٱدْعُوهُva Unga duo qilingва Унга дуо қилингمُخْلِصِينَixlos etgan holdaихлос этган ҳолдаلَهُUngaУнгаٱلدِّينَ ۚdinniдинниكَمَاqandaykiқандайкиبَدَأَكُمْsizlarni avvalda yaratganсизларни аввалда яратганتَعُودُونَqaytasizlarқайтасизлар
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mazkur yoʻldan ozgan fohisha ish qiluvchilar ota-bobolarini roʻkach qilib, Allohga tuhmat qilganlarida ularga qarata aytadigan gaplarini oʻrgatmoqda:

«Robbim adolatga amr qildi».

Siz qilayotgan fohisha ishlarga emas. Alloh oddiy insonning fikr, tasavvur va didiga xilof boʻlgan fohisha ishga amr qilishdan munazzahdir. U zot faqat adolatga amr qiladi. Chunki, adolat yoʻli inson uchun salomatlik yoʻlidir.

«Har bir ibodatxonada yuzingizni toʻgʻri tuting».

Yaʼni, ibodatlarni Alloh koʻrsatganidek toʻgʻri holda ado eting. Ibodatlarni haqqoniy va toʻgʻri ado etish Qurʼoni Karim va sunnati nabaviyyada koʻrsatilgan. Har kim oʻz bilganicha, otasi, ishboshisi yoxud piri aytganidek ibodat qilishi nodurust boʻladi.

«Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling».

Yaʼni, ibodatni yolgʻiz va faqat yolgʻiz Allohning Oʻziga xulusi niyat bilan qiling. Undan boshqaga ixlos qilish–shirkdir.

«Sizlarni avvalda qanday yaratgan boʻlsa, oʻsha holda qaytasizlar».

Yaʼni, ibtido va intiho bir xil boʻladi. Bu dunyoga yalangʻoch holda keldingiz, undan yana yalangʻoch holda ketasiz.