فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلضَّلَـٰلَةُ ۗ إِنَّهُمُ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلشَّيَـٰطِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir guruhni hidoyat qildi. Boshqa guruhga yo`ldan ozish haq bo`ldi. Chunki, ular Allohni qo`yib shaytonlarni o`zlariga do`st tutdilar. Hamda o`zlarini, albatta, hidoyat topganlar, deb hisoblarlar.Бир гуруҳни ҳидоят қилди. Бошқа гуруҳга йўлдан озиш ҳақ бўлди. Чунки, улар Аллоҳни қўйиб шайтонларни ўзларига дўст тутдилар. Ҳамда ўзларини, албатта, ҳидоят топганлар, деб ҳисобларлар.Alauddin Mansour: U bir guruhni hidoyat qildi, boshqa bir guruhga esa yoʻldan ozish haq boʻldi. Chunki ular Allohni qoʻyib, shaytonni doʻst tutinib olganlar-da, yana oʻzlarini hidoyat topguvchilar, deb hisoblaydilar.У бир гуруҳни ҳидоят қилди, бошқа бир гуруҳга эса йўлдан озиш ҳақ бўлди. Чунки улар Аллоҳни қўйиб, шайтонни дўст тутиниб олганлар-да, яна ўзларини ҳидоят топгувчилар, деб ҳисоблайдилар.
Odamlar azal-azaldan ikki guruhga boʻlinib keladilar. Ulardan bir guruhi hidoyat topganlar, yaʼni, moʻminlar, ikkinchisi adashganlar–kofirlar guruhi. Alloh:
«Bir guruhni hidoyat qildi».
Alloh hidoyati tazyiq va zoʻrlash bilan emas, Paygʻambar yuborish, kitob nozil etish, ixlos bilan qilingan duo va tazarruni qabul qilish bilan boʻladi. Yuqoridagi qissadan maʼlum boʻlganidek, hatto Paygʻambarlar, avliyo va solih bandalar ham shayton vasvasasidan salomat qolmaganlar. Ammo, ular doimo yaxshilikni ixtiyor qilganlari, yomonlikdan qochganliklari uchun Allohning hidoyatiga sazovor boʻlganlar.
«Boshqa guruhga yoʻldan ozish haq boʻldi».
Ularni ham birov majbur qilib yoki zoʻrlab yoʻldan ozdirgani yoʻq. Oʻz ixtiyorlari bilan zalolat yoʻlini tanlab oldilar.
«Chunki, ular Allohni qoʻyib, shaytonlarni oʻzlariga doʻst tutdilar».
Ularni shayton fitnasi shu holga tushirdi. Ikki guruh ham Alloh huzuriga qaytadilar. Ana oʻshanda qilgan amallariga qarab hisob-kitob boʻladi.
Endigi keladigan oyati karimada Odam bolalariga uchinchi xitob–kiyim-bosh va yemoq-ichmoq xususidagi xitob keladi: