هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا تَأْوِيلَهُۥ ۚ يَوْمَ يَأْتِى تَأْوِيلُهُۥ يَقُولُ ٱلَّذِينَ نَسُوهُ مِن قَبْلُ قَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ فَهَل لَّنَا مِن شُفَعَآءَ فَيَشْفَعُوا۟ لَنَآ أَوْ نُرَدُّ فَنَعْمَلَ غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ قَدْ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uning ta'viylini — oqibatini kutmoqdalar, xolos. Uning ta'viyli kelgan kunda ilgari uni unutganlar: «Robbimizning Payg`ambarlari haq ila kelgan ekanlar. Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsag-u, qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar. Batahqiq, ular o`zlariga ziyon qildilar va to`qib olgan narsalari ulardan g`oyib bo`ldi.Улар унинг таъвийлини — оқибатини кутмоқдалар, холос. Унинг таъвийли келган кунда илгари уни унутганлар: «Роббимизнинг Пайғамбарлари ҳақ ила келган эканлар. Энди бизга шафоат қилувчилар борми, шафоат қилсалар ёки ортга қайтарилсаг-у, қилган амалларимиздан бошқача амалларни қилсак», – дерлар. Батаҳқиқ, улар ўзларига зиён қилдилар ва тўқиб олган нарсалари улардан ғойиб бўлди.Alauddin Mansour: Ular esa (bu Kitobning) taʼviyl-oqibatini (yaʼni, undagi oyatlar haq ekanligi isbotlanishini) kutadilar, xolos. Uning taʼviyli keladigan Kunda ilgari uni unutgan (yaʼni, undan yuz oʻgirgan) kimsalar: «Parvardigorimizning paygʻambarlari haq dinni keltirgan ekanlar, endi bizni oqlaydigan oqlovchilar bormikan yoki qilib oʻtgan (yomon) ishlarimizdan boshqa (ezgu) amallarni qilish uchun (yana dunyoga) qaytarilarmikanmiz», deb qoladilar. Ular haqiqatan, oʻzlariga ziyon qildilar va oʻzlari toʻqib olgan butlari ulardan gʻoyib boʻldi.Улар эса (бу Китобнинг) таъвийл-оқибатини (яъни, ундаги оятлар ҳақ эканлиги исботланишини) кутадилар, холос. Унинг таъвийли келадиган Кунда илгари уни унутган (яъни, ундан юз ўгирган) кимсалар: «Парвардигоримизнинг пайғамбарлари ҳақ динни келтирган эканлар, энди бизни оқлайдиган оқловчилар бормикан ёки қилиб ўтган (ёмон) ишларимиздан бошқа (эзгу) амалларни қилиш учун (яна дунёга) қайтарилармиканмиз», деб қоладилар. Улар ҳақиқатан, ўзларига зиён қилдилар ва ўзлари тўқиб олган бутлари улардан ғойиб бўлди.
Qurʼonga iymon keltirmaganlar qanday moʻʼjizani kutmoqdalar? Qachon iymonga keladilar? Ular Qurʼonning taʼviylini–unda kelgan vaʼdalarning yuzaga chiqishini kutmoqdalar. Agar Qurʼonda kelgan vaʼdalar yuzaga chiqib, qiyomat qoyim boʻlsa, ular, shubhasiz, iymon keltiradilar. Oʻsha paytda Qurʼonni unutgan bu osiy kimsalar:
«Robbimizning Paygʻambarlari haq ila kelgan ekanlar». Robbimizning oxirgi Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam keltirgan Qurʼon ham haq ekan. Biz unga iymon keltirmay, ulkan gunohga botibmiz:
«Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsagu qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar».
Qiyomat kuni iymonsizliklari bois najot topishning imkoniyati yoʻqligini anglab yetadilar. Endi shafoatchi qayoqda? Qiyomatda shafoat qilguvchilarning ulugʻi va ishonchlisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam edilar. Ammo, kofirlar u Zotga bu dunyoda iymon keltirmadilar. U kishi sollallohu alayhi vasallamning shafoatlaridan umid qila olmaydilar. Qiyomatda shafoat qiluvchilarning yana biri Qurʼoni Karim edi. Ammo, kofirlar unga ham iymon keltirmadilar. Demak, Qurʼoni Karimning shafoatidan ham umid qila olmaydilar. Qiyomatda shafoat qiluvchi vositalardan biri iymon edi, iymonlari yoʻq. Yana biri ibodat, yaxshi amallar edi, taassufki, ibodatlari ham, yaxshi amallari ham yoʻq. Imkoni boʻlsa edi, ular bu dunyoga qaytib, avval qilgan gunohlarini takrorlamay, iymon va ixlos bilan yashashga jon deb koʻnardilar. Balki, birdan- bir orzulari shudir. Ammo, buning sira ham iloji yoʻq. Vaqtida iymon keltirmay, ibodat va solih amallar qilmay:
«Batahqiq, ular oʻzlariga ziyon qildilar».
Ular Allohga dushman boʻlgan zotlarning gapiga kirdilar. Shaytonga malay boʻldilar. Yolgʻon va boʻhtonlarni toʻqidilar. Butlarga, rahbarlarga, boylik, mansab va boshqalarga ishondilar. Bugungi kunga kelib esa:
«...toʻqib olgan narsalari ulardan gʻoyib boʻldi».
Ey, gʻofil bandalar! Sizlar ularning barchasidan yuz oʻgirib, Robbingizga ishonishingiz kerak edi.