QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят56

وَلَا تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَـٰحِهَا وَٱدْعُوهُ خَوْفًا وَطَمَعًا ۚ إِنَّ رَحْمَتَ ٱللَّهِ قَرِيبٌ مِّنَ ٱلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang va Undan qo`rqib tama' ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.Ва ислоҳ қилингандан кейин ер юзида фасод қилманг ва Ундан қўрқиб тамаъ ила дуо қилинг. Албатта, Аллоҳнинг раҳмати яхшилик қилувчиларга яқиндир.Alauddin Mansour: Va (Allohning dini bilan) oʻnglab qoʻyilganidan keyin, Yerda (kufr yoʻlini tutib) buzgʻunchilik qilmang! U Zotga (azobidan) qoʻrqib, (rahmatidan) umidvor boʻlgan holingizda ibodat qilingiz! Zero, Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir.Ва (Аллоҳнинг дини билан) ўнглаб қўйилганидан кейин, Ерда (куфр йўлини тутиб) бузғунчилик қилманг! У Зотга (азобидан) қўрқиб, (раҳматидан) умидвор бўлган ҳолингизда ибодат қилингиз! Зеро, Аллоҳнинг раҳмати чиройли амал қилувчиларга яқиндир.

157-sahifa · 8-juz · 16-hizb157-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتُفْسِدُوا۟fasod qilinglarфасод қилингларفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиبَعْدَkeyinкейинإِصْلَـٰحِهَاisloh qilingandanислоҳ қилинганданوَٱدْعُوهُva Unga duo qilingва Унга дуо қилингخَوْفًۭاqoʻrqibқўрқибوَطَمَعًا ۚva tamaʼ ilaва тамаъ илаإِنَّalbattaалбаттаرَحْمَتَrahmatiраҳматиٱللَّهِAllohningАллоҳнингقَرِيبٌۭyaqindirяқиндирمِّنَ-ga-гаٱلْمُحْسِنِينَyaxshilik qiluvchilarяхшилик қилувчилар
TafsirТафсир

Alloh taolo yer kurrasini tuzatib yaratgan. Undagi jamiki narsalar oʻrni-oʻrniga qoʻyilgan. Inson ana shu har jihatdan tuzatibbezatilgan yer yuzida Allohning xalifasi sifatida ish koʻrishi lozim. Fasod–buzgʻunchilik qilmasligi kerak. Alloh tuzagan, tartib bergan narsalardan toʻgʻri foydalanmaslik buzgʻunchilikdir. Alloh koʻrsatgan yoʻlda yurmaslik ham buzgʻunchilikdir. Allohga duo qilayotganda Uning iqobidan qoʻrqqan va savobidan umidvor boʻlgan holda duo qilish lozim.

«Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir».

Biz «yaxshilik qiluvchi» deb oʻgirgan ibora oyati karimada «muhsin» lafzi ila ifodalangan. «Muhsin»–ehson qiluvchi, demakdir. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan, ehson nima, deb soʻralganda, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohga xuddi Uni koʻrib turgandek, agar sen koʻrmasang, U seni koʻrib turgandek ibodat qilishing»,–deganlar. Demak, Allohning rahmati shunday odamlarga yaqindir.