وَهُوَ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَـٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَقَلَّتْ سَحَابًا ثِقَالًا سُقْنَـٰهُ لِبَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَنزَلْنَا بِهِ ٱلْمَآءَ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۚ كَذَٰلِكَ نُخْرِجُ ٱلْمَوْتَىٰ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U O`z rahmatidan oldin shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotdir. Qachonki, ular og`ir bulutlarni ko`tarib keltirgach, u ila o`lik yurtni sug`oramiz. Undan suv tushirib, o`sha ila turli mevalar chiqaramiz. O`liklarni ham shunday qilib chiqaramiz. Shoyadki, eslasangizlar.У Ўз раҳматидан олдин шамолларни хушхабар қилиб юборадиган Зотдир. Қачонки, улар оғир булутларни кўтариб келтиргач, у ила ўлик юртни суғорамиз. Ундан сув тушириб, ўша ила турли мевалар чиқарамиз. Ўликларни ҳам шундай қилиб чиқарамиз. Шоядки, эсласангизлар.Alauddin Mansour: U shunday Zotki, Oʻz rahmatining (yaʼni, yomgʻirning) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborur. Qachonki ular vazmin bulutlarni koʻtarib kelgach, Biz uni (bulutni, chanqoq) oʻlik shaharga yogʻdirurmiz. Bas, unga suv-yomgʻir yogʻdirib, uning yordamida har turli mevalar chiqarurmiz. Oʻliklarni ham (oʻz joylaridan) mana shunday chiqarurmiz. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar.У шундай Зотки, Ўз раҳматининг (яъни, ёмғирнинг) олдидан хушхабар қилиб шамолларни юборур. Қачонки улар вазмин булутларни кўтариб келгач, Биз уни (булутни, чанқоқ) ўлик шаҳарга ёғдирурмиз. Бас, унга сув-ёмғир ёғдириб, унинг ёрдамида ҳар турли мевалар чиқарурмиз. Ўликларни ҳам (ўз жойларидан) мана шундай чиқарурмиз. Шояд эслатма-ибрат олсангизлар.
Ushbu oyati karimadagi Allohning rahmatidan murod yomgʻirdir. Darhaqiqat, yomgʻir–Allohning rahmati. Agar u boʻlmaganda, qurgʻoqchilik koʻp balo-ofatlar keltirardi. Yomgʻir, yaʼni, Allohning rahmati, odamlarning nazarida, oʻzidan-oʻzi yogʻayotganga oʻxshaydi. Lekin, aslida, uni Alloh yogʻdiradi. Yomgʻir yogʻishidan, yaʼni Allohning rahmati kelishidan burun, uning xushxabarini shamollar olib keladi. Shamollarni ham Alloh yoʻllaydi. Bu dunyoda Allohning amrisiz hech narsa sodir boʻlmaydi. Shamolning esishi, bulutning paydo boʻlishi va shunga oʻxshash tabiiy oʻzgarishlarning asl sababini kim yaratgan? Ularni maʼlum sabablarga muvofiq tarzda harakat qiladigan qilib qoʻygan kim? Albatta, Alloh!
«Qachonki, ular ogʻir bulutlarni koʻtarib keltirgach, u ila oʻlik yurtni sugʻoramiz».
Suvsiz holda qaqrab yotgan yerlarni suv bilan serob qilamiz.
«Undan suv tushirib, oʻsha ila turli mevalar chiqaramiz».
Darhaqiqat, suv boʻlmasa, yomgʻir yogʻmasa, butun borliq xuddi jonsiz jismdek qimir etmay yotadi. Yomgʻir yogʻib, suv yetganda esa, qurib-qaqshab yotgan yerlardagi turli oʻt-oʻlanlar, oʻsimliklarga jon kiradi. Ular bosh chiqarib, oʻsa boshlaydi va maʼlum vaqt oʻtgach, har biri mahsul beradi. Bu hodisa boshdan-oxirigacha yolgʻiz Allohning amri bilan sodir boʻladi. Chunki, bu moddiy olamda Allohning amridan tashqari ish yoʻq. Ushbu zikr etilgan holga monand, oʻlib batamom chirib ketgan odamlarni ham qayta tiriltirish, ularga jon ato etish ham Alloh uchun hech narsa emas.
«Oʻliklarni ham shunday qilib chiqaramiz. Shoyadki, eslasangizlar».
Yil boʻyi koʻm-koʻk boʻlib oʻsib yotgan oʻsimliklar qurib, yoʻq boʻlib ketadi, biroq vaqti-soati kelib, fasllar almashsa, yomgʻir yogʻsa, yana xuddi burungi yashillik holiga qaytib kelaveradi. Shuning singari, odamlar oʻlgandan soʻng chirib yoʻq boʻlib ketsalar ham, urugʻlari qoladi. Alloh xohlagan vaqtda–qiyomat qoyim boʻlganda ular ham xuddi yomgʻirdan keyin unib chiqqan oʻsimliklar kabi qayta tiriladilar. Har bir inson bu holdan ibrat olishi gʻoyatda zarur. Zero, oʻsimlik hayoti oxirat hayotiga juda goʻzal tamsildir.
Moʻʼtabar dalillarning qaydicha, qiyomatda ham Alloh taolo qirq kun yomgʻir yogʻdiradi va u tufayli xuddi yerdan nabotot oʻsib chiqqanidek, jasadlar qabrlardan chiqadilar.