أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ وَلِتَتَّقُوا۟ وَلَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zingizdan bo`lgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi.Ўзингиздан бўлган бир кишига, сизларни огоҳлантириш учун ва тақво қилиб, шояд, раҳматга эришсангиз деб, Роббингиздан эслатма келганидан ажабланасизларми?!» – деди.Alauddin Mansour: Sizlarni (Oxirat azobidan) ogohlantirish uchun va taqvodor boʻlishingiz hamda (Allohning) rahmatiga erishishingiz uchun sizlarga Parvardigoringizdan boʻlgan eslatma (ogohlantirish) oʻzingizdan boʻlgan bir kishi zimmasida (yaʼni, mening zimmamda) kelganidan ajablandingizmi?»Сизларни (Охират азобидан) огоҳлантириш учун ва тақводор бўлишингиз ҳамда (Аллоҳнинг) раҳматига эришишингиз учун сизларга Парвардигорингиздан бўлган эслатма (огоҳлантириш) ўзингиздан бўлган бир киши зиммасида (яъни, менинг зиммамда) келганидан ажабландингизми?»
Paygʻambarlarning vazifasi kishilarga tushuntirish, daʼvatni yetkazish. Shuning uchun, Nuh alayhissalom qavmlaridan noshoyista javobni eshitgan boʻlishlariga qaramay, ularga haqiqatni anglatishga harakat qildilar va ularning koʻngillarini ovlash uchun:
«Ey qavmim, menda zalolat yoʻq...»–dedilar.
Yaʼni, men siz oʻylayotgandek, adashganim yoʻq. Men adashuvda emasman.
«Balki men olamlarning Robbidan Paygʻambarman».
Oʻzimdan-oʻzim sizlarga soʻzlayotganim yoʻq. Barcha olamlarning Robbi meni sizlarga Paygʻambar qilib yubordi. Oʻsha ulugʻ vazifani ado etib men:
«Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman».
Alloh taolo ikki dunyo saodatiga erishishingiz uchun nimalar qilishingiz lozimligini bayon qilib sizlarga koʻrsatmalar–amrlar, nahiylar, turli hukmlar yoʻlladi. Yuborilgan bu koʻrsatmalarni sizga men yetkazyapman, xolos. Shu bilan birga, kerak boʻlib qolganda, sizlarga oʻz tomonimdan:
«nasihat qilaman».
Chunki, men:
«Alloh tomonidan siz bilmagan narsani bilaman».
Xuddi shu bilimim sizlarga nasihat qilish uchun menga imkon beradi.
Keyin, oyatning davomida Nuh alayhissalom oʻz qavmlarining u kishining Paygʻambar boʻlib kelganlaridan ajablanganliklari nooʻrin ekanini hamda Paygʻambarlikning asl maqsadini bayon qildilar:
«Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi».
Darvoqe, kishilar nima uchun ajablanadilar? Axir, ajablanishga oʻrin yoʻq-ku. Pok, zakovatli, rostgoʻy, oʻzida oliy insoniy fazilatlarni jamlagan bir insonni Alloh elchi–Paygʻambar qilib olsa, buning nimasi ajablanarli? Boz ustiga, Paygʻambar boʻlgan inson ularning orasidan boʻlsa. Ular uning shaxsini yaxshi bilsalar. Bu ham yetmaganidek, Paygʻambar ularni yomonlikdan qaytarib, Allohning rahmatiga erishishlari uchun jon chekayotgan boʻlsa! Paygʻambar boʻlgan zot, asosan, odamlarga Robbilaridan kelgan tirik eslatma boʻlsa! Odatda, har bir insofli insonga haqiqiy maqsad tushuntirilgandan keyin, u bir oz boʻlsa-da hovuridan tushib, oʻzini oʻnglab, aqlini peshlab, mulohaza yuritadi. Ammo, qalbi koʻr kofirlar iymon haqida har qancha koʻp va xoʻb pandu nasihat eshitsalar ham, aqllarini peshlamaydilar, fikr qilmaydilar. Nuh alayhissalomning qavmi bilan ham xuddi shu hol roʻy berdi. Nuh alayhissalom ularga kuyunib tushuntirishlariga qaramay: