QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят64

فَكَذَّبُوهُ فَأَنجَيْنَـٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا عَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, uni yolg`onchiga chiqardilar. So`ng, Biz uni va u bilan birga bo`lganlarni kemada qutqardik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni g`arq qildik. Chunki, ular ko`r qavm edilar.Бас, уни ёлғончига чиқардилар. Сўнг, Биз уни ва у билан бирга бўлганларни кемада қутқардик ва оятларимизни ёлғонга чиқарганларни ғарқ қилдик. Чунки, улар кўр қавм эдилар.Alauddin Mansour: Bas, uni yolgʻonchi qildilar. Shunda Biz uni va u bilan birga boʻlgan (unga iymon keltirgan) zotlarni kemada qutqardik va Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalarni gʻarq qilib yubordik. Chunki ular (koʻngillari) koʻr boʻlgan qavm edilar.Бас, уни ёлғончи қилдилар. Шунда Биз уни ва у билан бирга бўлган (унга иймон келтирган) зотларни кемада қутқардик ва Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсаларни ғарқ қилиб юбордик. Чунки улар (кўнгиллари) кўр бўлган қавм эдилар.

158-sahifa · 8-juz · 16-hizb158-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَذَّبُوهُbas, uni yolgʻonchiga chiqardilarбас, уни ёлғончига чиқардиларفَأَنجَيْنَـٰهُsoʻng Biz uni qutqardikсўнг Биз уни қутқардикوَٱلَّذِينَva oʻshalarniва ўшаларниمَعَهُۥu bilan birga boʻlganlarniу билан бирга бўлганларниفِى-da-даٱلْفُلْكِkemadaкемадаوَأَغْرَقْنَاva gʻarq qildikва ғарқ қилдикٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqarganlarniёлғонга чиқарганларниبِـَٔايَـٰتِنَآ ۚoyatlarimizniоятларимизниإِنَّهُمْchunki ularчунки уларكَانُوا۟edilarэдиларقَوْمًاqavmқавмعَمِينَkoʻrкўр
TafsirТафсир

Oʻtgan ummatlarning qissalari Qurʼoni Karimning turli suralarida keladi. Ammo, har bir surada oʻziga xos uslub va iboralar bilan bayon etiladi. Nuh alayhissalomning qissalari ham bir qancha suralarda zikr etilgan. «Aʼrof» surasida esa, bu qissa qisqa qilib, suraning mavzuiga mos ravishda keltirilmoqda. Maqsad–Allohga, Uning yuborgan diniga va Uning Paygʻambarlariga ishonmaganlarning oqibati nima boʻlishini bayon qilish.

Shu qadar gap-soʻz va nasihatlarga qaramay, Nuh alayhissalomning qavmi

«uni yolgʻonchiga chiqardilar».

Unga iymon keltirmadilar. Uning aytganiga yurmadilar.

«Soʻng, biz uni va u bilan birga boʻlganlarni kemada qutqardik».

Dunyoni toʻfon balosiga bostirganimizda, Nuh alayhissalom va unga iymon keltirgan moʻminlarni kemada qutqarib qoldik.

«va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni gʻarq qildik».

Ularni toʻfon qaʼrida gʻarq ayladik va hammalari halok boʻldilar.

Nima uchun ular halok boʻldilar?

«Chunki, ular koʻr qavm edilar».

Ularning qalblari soʻqir edi. Bu koʻrlar iymon nurini koʻrolmadilar. Allohning nurli yoʻliga qadam bosmadilar. Oqibatda kufr zulmatida halokat topdilar.

Endi esa, Alloh taolo Hud alayhissalomning qissalarini keltiradi: