۞ وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۗ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Odga o`z birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Taqvo qilmaysizlarmi?!» – dedi.Ва Одга ўз биродари Ҳудни (юбордик). У: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилинглар. Сизларга Ундан ўзга илоҳ йўқ. Тақво қилмайсизларми?!» – деди.Alauddin Mansour: Od qavmiga oʻz birodarlari Hudni (paygʻambar qildik). U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir. Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?!»Од қавмига ўз биродарлари Ҳудни (пайғамбар қилдик). У айтди: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилингиз! Сизлар учун Ундан ўзга бирон илоҳ йўқдир. Унинг азобидан қўрқмайсизларми?!»
Alloh taolo Od qavmiga oʻzlarining orasidan birodarlari boʻlgan Hud alayhissalomni elchi etib yuborganini xabar qilmoqda. Hud alayhissalom ham qavmlariga, xuddi Nuh alayhissalom kabi, Allohga ibodat qilish zarurligini, Allohdan oʻzga ibodatga loyiq zot yoʻqligini tushuntirdilar. Shuningdek, ularni taqvoga, Allohdan qoʻrqishga chaqirdilar. Zero, ularni Paygʻambar qilib yuborgan Zot yagona, ularga koʻrsatma bergan Zot bir. Xoʻsh, Hud alayhissalomning qavmlari nima qildi?