قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى سَفَاهَةٍ وَإِنَّا لَنَظُنُّكَ مِنَ ٱلْكَـٰذِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Albatta, biz seni esi pastlikda ko`rib turibmiz va albatta biz seni yolg`onchilardan deb bilamiz», – dedilar.Унинг қавмидан куфр келтирган зодагонлар: «Албатта, биз сени эси пастликда кўриб турибмиз ва албатта биз сени ёлғончилардан деб биламиз», – дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda) uning qavmidan kofir boʻlgan odamlar: «Biz sening nodon ekaningni koʻrib turibmiz va albatta biz seni yolgʻonchilardan, deb gumon qilmoqdamiz», deyishdi.(Шунда) унинг қавмидан кофир бўлган одамлар: «Биз сенинг нодон эканингни кўриб турибмиз ва албатта биз сени ёлғончилардан, деб гумон қилмоқдамиз», дейишди.
Bu johil qavm oldingilardan ham oʻtib tushdi. Avvalgilari Nuh alayhissalomga «sen zalolatdasan», degan edilar. Bular esa, oʻz Paygʻambarlariga:
«Albatta biz seni esi pastlikda koʻrib turibmiz va albatta biz seni yolgʻonchilardan deb bilamiz»,–deyishmoqda.
Bu zolim qavm Xudoning Paygʻambariga «Sen albatta esi pastsan» va «sen albatta yolgʻonchisan», demoqda.
Bu chirkin tuhmat ham avvalgisiga oʻxshab jamiki Paygʻambarlarga va ularning izidan yurgan butun moʻminlarga nisbatan azalabad davom etib kelayotgan eng yovuz gʻarazlardandir.
Oʻz qavmidan bunday qabih tuhmatni eshitgan Hud alayhissalom: