QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят67

قَالَ يَـٰقَوْمِ لَيْسَ بِى سَفَاهَةٌ وَلَـٰكِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey qavmim, menda esi pastlik yo`q. Va lekin men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.У: «Эй қавмим, менда эси пастлик йўқ. Ва лекин мен оламларнинг Роббидан Пайғамбарман.Alauddin Mansour: U aytdi: «Ey qavmim, men nodon emasman, balki men barcha olamlar Parvardigori tarafidan yuborilgan paygʻambarman.У айтди: «Эй қавмим, мен нодон эмасман, балки мен барча оламлар Парвардигори тарафидан юборилган пайғамбарман.

158-sahifa · 8-juz · 16-hizb158-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимلَيْسَyoʻqйўқبِىmendaмендаسَفَاهَةٌۭesi pastlikэси пастликوَلَـٰكِنِّىlekin menлекин менرَسُولٌۭPaygʻambarmanПайғамбарманمِّن-dan-данرَّبِّRobbidanРоббиданٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Yana Hud alayhissalom xuddi Nuh alayhissalomga oʻxshab muomala qilganlarini koʻramiz. U zot johil qavmga bosiqlik bilan, sodda qilib, haqiqatni bayon qilishga oʻtdilar. Oʻzlaridan esi pastlikni rad etib, olamlarning Robbi tomonidan Paygʻambar etib yuborilganlarini hamda Paygʻambarlik maqsadlarini soʻyladilar.

«Ey qavmim, menda esi pastlik yoʻq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygʻambarman. Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgoʻyman».

Soʻngra, ularni Paygʻambarni oʻzlarining orasidan tanlagani uchun ajablanmaslikka chaqirdilar.

«Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?!

Keyin esa, Alloh tomonidan ularga berilgan imtiyozlarni eslatdilar:

«Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang».

Alloh taolo Nuh qavmini ogʻir gunohlari tufayli yer yuzidan gumdon qilib tashlagan edi. Xuddi shu osiy qavmdan soʻng sizlarni yer yuzida oʻzining xalifasi qilib tanladi. Bu–ulugʻ neʼmat. Bunga, albatta, shukr qilish lozim edi.

«Allohning neʼmatlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz».

Fikr qiling. Allohning sizga bergan neʼmatlari juda koʻp. Ularning sanogʻiga yetib boʻlmaydi. Buning fahmiga yetish, tushunish neʼmat beruvchi zotga–Allohga shukr qilishga chorlovdir. Shukr qiluvchi boʻling, shoyadki, najot topsangiz.

Ammo, Od qavmi ham jaholatida qattiq turib oldi.