QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят68

أُبَلِّغُكُمْ رِسَـٰلَـٰتِ رَبِّى وَأَنَا۠ لَكُمْ نَاصِحٌ أَمِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgo`yman.Сизларга Роббимнинг юборганларини етказаман ва мен сизларга ишончли насиҳатгўйман.Alauddin Mansour: Men sizlarga Parvardigorimning vazifalarini (buyurganlarini) yetkazurman va men sizlar uchun ishonchli nasihat qilguvchiman.Мен сизларга Парвардигоримнинг вазифаларини (буюрганларини) етказурман ва мен сизлар учун ишончли насиҳат қилгувчиман.

159-sahifa · 8-juz · 16-hizb159-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُبَلِّغُكُمْsizlarga yetkazamanсизларга етказаманرِسَـٰلَـٰتِyuborganlariniюборганлариниرَبِّىRobbimningРоббимнингوَأَنَا۠va menва менلَكُمْsizlargaсизларгаنَاصِحٌnasihatgoʻymanнасиҳатгўйманأَمِينٌishonchliишончли
TafsirТафсир

Yana Hud alayhissalom xuddi Nuh alayhissalomga oʻxshab muomala qilganlarini koʻramiz. U zot johil qavmga bosiqlik bilan, sodda qilib, haqiqatni bayon qilishga oʻtdilar. Oʻzlaridan esi pastlikni rad etib, olamlarning Robbi tomonidan Paygʻambar etib yuborilganlarini hamda Paygʻambarlik maqsadlarini soʻyladilar.

«Ey qavmim, menda esi pastlik yoʻq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygʻambarman. Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgoʻyman».

Soʻngra, ularni Paygʻambarni oʻzlarining orasidan tanlagani uchun ajablanmaslikka chaqirdilar.

«Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?!

Keyin esa, Alloh tomonidan ularga berilgan imtiyozlarni eslatdilar:

«Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang».

Alloh taolo Nuh qavmini ogʻir gunohlari tufayli yer yuzidan gumdon qilib tashlagan edi. Xuddi shu osiy qavmdan soʻng sizlarni yer yuzida oʻzining xalifasi qilib tanladi. Bu–ulugʻ neʼmat. Bunga, albatta, shukr qilish lozim edi.

«Allohning neʼmatlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz».

Fikr qiling. Allohning sizga bergan neʼmatlari juda koʻp. Ularning sanogʻiga yetib boʻlmaydi. Buning fahmiga yetish, tushunish neʼmat beruvchi zotga–Allohga shukr qilishga chorlovdir. Shukr qiluvchi boʻling, shoyadki, najot topsangiz.

Ammo, Od qavmi ham jaholatida qattiq turib oldi.