أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ ۚ وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعْدِ قَوْمِ نُوحٍ وَزَادَكُمْ فِى ٱلْخَلْقِ بَصْۜطَةً ۖ فَٱذْكُرُوٓا۟ ءَالَآءَ ٱللَّهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zingizdan bo`lgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?! Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang. Allohning ne'matlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz», – dedi.Ўзингиздан бўлган бир кишига сизларни огоҳлантириш учун Роббингиздан эслатма келганидан ажабландингизми?! Сизларни Нуҳ қавмидан кейин халифа қилганини ва хилқатингизда куч-қувватни зиёда қилганини эсланг. Аллоҳнинг неъматларини эсланг. Шоядки, нажот топсангиз», – деди.Alauddin Mansour: Sizlarga Parvardigoringizdan boʻlgan eslatma (sizlarni Oxirat azobidan) ogohlantirish uchun oʻzingizdan boʻlgan bir kishi zimmasida kelganidan ajablandingizmi? (Alloh) sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa (oʻrinbosar) qilib qoʻyganini va kuch-quvvatingizni ziyoda qilib yaratganini eslangiz! Bas, Allohning neʼmatlarini eslangiz, shoyad najot topursiz.Сизларга Парвардигорингиздан бўлган эслатма (сизларни Охират азобидан) огоҳлантириш учун ўзингиздан бўлган бир киши зиммасида келганидан ажабландингизми? (Аллоҳ) сизларни Нуҳ қавмидан кейин халифа (ўринбосар) қилиб қўйганини ва куч-қувватингизни зиёда қилиб яратганини эслангиз! Бас, Аллоҳнинг неъматларини эслангиз, шояд нажот топурсиз.
Yana Hud alayhissalom xuddi Nuh alayhissalomga oʻxshab muomala qilganlarini koʻramiz. U zot johil qavmga bosiqlik bilan, sodda qilib, haqiqatni bayon qilishga oʻtdilar. Oʻzlaridan esi pastlikni rad etib, olamlarning Robbi tomonidan Paygʻambar etib yuborilganlarini hamda Paygʻambarlik maqsadlarini soʻyladilar.
«Ey qavmim, menda esi pastlik yoʻq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygʻambarman. Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgoʻyman».
Soʻngra, ularni Paygʻambarni oʻzlarining orasidan tanlagani uchun ajablanmaslikka chaqirdilar.
«Oʻzingizdan boʻlgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?!
Keyin esa, Alloh tomonidan ularga berilgan imtiyozlarni eslatdilar:
«Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang».
Alloh taolo Nuh qavmini ogʻir gunohlari tufayli yer yuzidan gumdon qilib tashlagan edi. Xuddi shu osiy qavmdan soʻng sizlarni yer yuzida oʻzining xalifasi qilib tanladi. Bu–ulugʻ neʼmat. Bunga, albatta, shukr qilish lozim edi.
«Allohning neʼmatlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz».
Fikr qiling. Allohning sizga bergan neʼmatlari juda koʻp. Ularning sanogʻiga yetib boʻlmaydi. Buning fahmiga yetish, tushunish neʼmat beruvchi zotga–Allohga shukr qilishga chorlovdir. Shukr qiluvchi boʻling, shoyadki, najot topsangiz.
Ammo, Od qavmi ham jaholatida qattiq turib oldi.