QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят70

قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِنَعْبُدَ ٱللَّهَ وَحْدَهُۥ وَنَذَرَ مَا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا ۖ فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Sen bizga yolg`iz Allohning O`ziga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilgan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi?! Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.Улар: «Сен бизга ёлғиз Аллоҳнинг Ўзига ибодат қилишимиз ва ота-боболаримиз ибодат қилган нарсаларни тарк этишимиз учун келдингми?! Агар ростгўйлардан бўлсанг, бизга ваъда қилаётган нарсангни келтир!» – дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «Sen bizga, yolgʻiz Allohga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz sigʻinib oʻtgan butlarni tark qilishimiz uchun keldingmi? U holda, agar rostgoʻy kishilardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni (yaʼni, Allohning azobini) keltirgin-chi?» dedilar.Улар: «Сен бизга, ёлғиз Аллоҳга ибодат қилишимиз ва ота-боболаримиз сиғиниб ўтган бутларни тарк қилишимиз учун келдингми? У ҳолда, агар ростгўй кишилардан бўлсанг, бизга ваъда қилаётган нарсангни (яъни, Аллоҳнинг азобини) келтиргин-чи?» дедилар.

159-sahifa · 8-juz · 16-hizb159-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوٓا۟dedilarдедиларأَجِئْتَنَاbizga keldingmi?!бизга келдингми?!لِنَعْبُدَibodat qilishimiz uchunибодат қилишимиз учунٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَحْدَهُۥyolgʻiz Oʻzigaёлғиз Ўзигаوَنَذَرَva tark etishimizва тарк этишимизمَاnarsalarniнарсаларниكَانَediэдиيَعْبُدُibodat qilarибодат қиларءَابَآؤُنَا ۖota-bobolarimizота-боболаримизفَأْتِنَاbas, bizga keltirбас, бизга келтирبِمَاnarsangniнарсангниتَعِدُنَآbizga vaʼda qilayotganбизга ваъда қилаётганإِنagarагарكُنتَboʻlsangбўлсангمِنَ-dan-данٱلصَّـٰدِقِينَrostgoʻylardanростгўйлардан
TafsirТафсир

Ular shu inkorlari bilan oʻzlarining esi past odamlar ekanliklarini oshkor qildilar. Hech qanday hujjat-dalilsiz ota-bobolari qilgan amalni Allohdan kelgan amrdan ustun qoʻydilar.

«Ular: «Sen bizga yolgʻiz Allohning Oʻziga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilgan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi?!»,–dedilar.

Ularning jaholatlari shu darajada ediki, oʻsha botil narsalarni deb har qanday azob-uqubatga tayyor ekanliklarini bildirdilar va agar iymon keltirmasalar, Allohning iqobiga uchrashlari muqarrarligini taʼkidlab turgan Hud alayhissalomga:

«Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir, – dedilar».

Endi ortiqcha gapga oʻrin qolmadi. Hud alayhissalom qatʼiy qilib: