QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят71

قَالَ قَدْ وَقَعَ عَلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ رِجْسٌ وَغَضَبٌ ۖ أَتُجَـٰدِلُونَنِى فِىٓ أَسْمَآءٍ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّا نَزَّلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَـٰنٍ ۚ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Batahqiq, ustingizga Robbingiz tomonidan azob va g`azab tushdi. Men bilan, Alloh hech bir hujjat tushirmagan, o`zingiz va ota bobolaringiz qo`yib olgan nomlar haqida tortishasizlarmi?! Bas, intizor bo`lib turinglar! Men ham sizlar bilan intizor bo`luvchilardanman», – dedi.У: «Батаҳқиқ, устингизга Роббингиз томонидан азоб ва ғазаб тушди. Мен билан, Аллоҳ ҳеч бир ҳужжат туширмаган, ўзингиз ва ота боболарингиз қўйиб олган номлар ҳақида тортишасизларми?! Бас, интизор бўлиб туринглар! Мен ҳам сизлар билан интизор бўлувчиларданман», – деди.Alauddin Mansour: U aytdi: «Endi ustingizga Parvardigoringiz tomonidan azob va gʻazab tushishi aniq boʻldi. Men bilan oʻzingiz va ota-bobolaringiz qoʻyib olgan (butlaringizning nomlari haqida bahslashmoqchimisizlar? Axir Alloh (ularga ibodat qilish haqida) biron hujjat tushirmagan-ku?! U holda (Allohning azobiga) koʻz tutaveringlar, men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman»У айтди: «Энди устингизга Парвардигорингиз томонидан азоб ва ғазаб тушиши аниқ бўлди. Мен билан ўзингиз ва ота-боболарингиз қўйиб олган (бутларингизнинг номлари ҳақида баҳслашмоқчимисизлар? Ахир Аллоҳ (уларга ибодат қилиш ҳақида) бирон ҳужжат туширмаган-ку?! У ҳолда (Аллоҳнинг азобига) кўз тутаверинглар, мен ҳам сизлар билан бирга кутувчиларданман»

159-sahifa · 8-juz · 16-hizb159-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиقَدْbatahqiqбатаҳқиқوَقَعَtushdiтушдиعَلَيْكُمustingizgaустингизгаمِّن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingiz tomonidanРоббингиз томониданرِجْسٌۭazobазобوَغَضَبٌ ۖva gʻazabва ғазабأَتُجَـٰدِلُونَنِىmen bilan tortishasizlarmi?!мен билан тортишасизларми?!فِىٓhaqidaҳақидаأَسْمَآءٍۢnomlarномларسَمَّيْتُمُوهَآularni qoʻyib olganуларни қўйиб олганأَنتُمْoʻzingizўзингизوَءَابَآؤُكُمva ota-bobolaringizва ота-боболарингизمَّاemasэмасنَزَّلَtushirdiтуширдиٱللَّهُAllohАллоҳبِهَاu haqdaу ҳақдаمِنhechҳечسُلْطَـٰنٍۢ ۚhujjatҳужжатفَٱنتَظِرُوٓا۟bas, intizor boʻlib turinglarбас, интизор бўлиб турингларإِنِّىalbatta, menалбатта, менمَعَكُمsizlar bilanсизлар биланمِّنَ-dan-данٱلْمُنتَظِرِينَintizor boʻluvchilardanmanинтизор бўлувчиларданман
TafsirТафсир

Yaʼni, tanlagan yoʻlingiz shu boʻlsa, tamom, hech qanday shubha qolmadi. Alloh taolodan ustingizga azob va gʻazab tushdi deb hisoblayvering. Gapingizni qarang-a?! Men bilan nima haqda bahslashayotganingizni bilasizmi oʻzi?! Siz, biz va ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan narsalar, deganingiz nimaligini bilasizmi?! Ular–siz va ota-bobolaringiz oʻzlariga «xudo» deb tan olgan narsalar aslida hech vaqoga arzimaydi. Ularning iloh ekanligini isbot etuvchi hech qanday hujjat yoki dalil yoʻq. Qilayotgan ishingizni qarang-a!!! Men vaʼda qilgan azob sizlarga, albatta, yetadi. Lekin uning qachon kelishini yolgʻiz Alloh biladi. Siz faqat intizor boʻlib kutib turing. Men ham intizor boʻlib kutib turaman. Zero, men ham bandaman. Azobni yuborguvchi esa, yolgʻiz Allohning Oʻzidir.