فَأَنجَيْنَـٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَقَطَعْنَا دَابِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا ۖ وَمَا كَانُوا۟ مُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, unga va u bilan birga bo`lganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarning ketlarini uzdik. Ular mo`min emas edilar.Бас, унга ва у билан бирга бўлганларга Ўз раҳматимиз ила нажот бердик ва оятларимизни ёлғонга чиқарганларнинг кетларини уздик. Улар мўмин эмас эдилар.Alauddin Mansour: Bas, unga (Hudga) va u bilan birga boʻlgan (moʻmin zotlarga) Oʻz rahmat-marhamatimiz bilan najot berdik va Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalarning dumlarini qirqdik (halok qildik). Ular moʻmin emas edilar.Бас, унга (Ҳудга) ва у билан бирга бўлган (мўмин зотларга) Ўз раҳмат-марҳаматимиз билан нажот бердик ва Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсаларнинг думларини қирқдик (ҳалок қилдик). Улар мўмин эмас эдилар.
Mazkur bahsning oqibatida biz Hud alayhissalomga va u zot bilan boʻlgan moʻminlarga najot berdik. Ular Alloh yuborgan balo- ofatlardan omonda boʻldilar.
«...va oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarning ketlarini uzdik».
Yaʼni, batamom halokatga giriftor qildik. Ularning Mugʻays deb atalguvchi vodiylari uzra uzoq muddat davom etgan qurgʻoqchilikdan soʻng bir bulut namoyon boʻldi. Od qavmi, mana shu kelayotgan bulut bizga yomgʻir yogʻdiradi, deb shod boʻlishdi. Ammo, orziqib kutilgan bulut yetib kelganida undan qattiq shamol ufurilib, barchalarini halok qildi. Ulardan birortasi omon qolmay, «ketlari uzildi». Chunki,
«Ular moʻmin emas edilar».
Kelgusi oyatlarda qadim zamonlarda sodir boʻlgan ibratli va mashhur hodisalardan Solih alayhissalom va Samud qavmi haqidagi qissalar bayon qilinadi: